Janubiy Koreya Ukrainada asir tuşgan şimolliklarni qabul qilişga tayyor – “Reuters”
Janubiy Koreya hukumati Ukrainada asirga tuşgan Şimoliy Koreya harbiylarini, agar ularning özi istasa, mamlakat hududiga qabul qilişga tayyor. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Seul rasmiylarining aytişiça, Ukrainada asirga tuşgan şimoliy koreyalik harbiylar KXDRga qaytarilmasligi kerak. Şuningdek, ularni Rossiyaga yuboriş ham xatarli.
Malum bölişiça, Ukraina Taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga kelasi hafta Janubiy Koreyaga taşrif buyuradi. U Seulda Janubiy Koreya Taşqi işlar vaziri Ço Xyon bilan uçraşib, ikki tomonlama munosabatlar hamda Ukrainadagi şimoliy koreyalik harbiy asirlar masalasini muhokama qiladi.
Janubiy Koreya Konstitutsiyasiga köra, Şimoliy Koreya aholisi ham mamlakat fuqarolari hisoblanadi. Şu sababli Seul hukumati Janubiy Koreyaga köçib ötiş istagini bildirgan barça şimoliy koreyalik harbiylarni qabul qilişga tayyorligini malum qilgan.
Hukumat vakillaridan biriga köra, rasmiy Seul mazkur harbiylarning erkin xohiş-irodasiga asoslangan holda Janubiy Koreyaga köçib ötişini qöllab-quvvatlaydi va ularga qonunçilik doirasida zarur himoya hamda yordam körsatadi.
Eslatib ötamiz, 2025 yilning boşida Rossiyaning Kursk viloyatiga yuborilgan ikki nafar şimoliy koreyalik harbiy Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan asir olingan edi. Ular keyinçalik Janubiy Koreyaga köçib ötiş istagini bildirgan.
Janubiy Koreyaga qoçib ötgan sobiq şimoliy koreyaliklar va huquq faollarining aytişiça, Pxenyan harbiy doktrinasida askarlarga asir tuşiş taqiqlangan. Ularga duşman qöliga tuşiş xavfi tuğilgan taqdirda öz joniga qasd qiliş buyruği berilgani aytilgan.
Malumotlarga köra, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida iştirok etiş uçun Şimoliy Koreya tomonidan 15 mingdan ortiq harbiy yuborilgan. Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati hisob-kitoblariga köra, ularning taxminan 6 ming nafari halok bölgan, yana 4 ming nafari esa turli darajada jarohat olgan.
Avvalroq, KXDR rahbari Kim Çen In Rossiya Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin va Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov iştirokida Pxenyan şahrida Ukraina uruşida halok bölgan şimoliy koreyalik harbiylar xotirasiga bağişlangan memorialni oçgan edi.