Isroil Ğazoda bolalarga qarşi genotsid uyuştirgan – BMT komissiyasi
Isroil hukumati Ğazoda falastinlik bolalarni ataylab nişonga olgan. Uşbu harakatlar genotsid, insoniyatga qarşi jinoyatlar va harbiy jinoyatlar alomatlarini körsatadi. Bu haqda BMTning Mustaqil xalqaro tergov komissiyasi hisobotida söz boradi.
Hisobotda 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etayotgan Isroil–HAMAS uruşi davomida falastinlik bolalarga qarşi sodir etilgan huquqbuzarliklar tahlil qilingan. Komissiya malumotlariga köra, Ğazodagi uruş qurbonlarining taxminan 30 foizini bolalar taşkil etgan. Hisobotda 2023 yil oktyabridan 2025 yil oktyabrigaça kamida 20 179 nafar bola halok bölgani qayd etilgan.
Tergovçilarning bildirişiça, Isroil xavfsizlik kuçlari aholi ziç joylaşgan hududlarda oğir qurollardan foydalanişni davom ettirgan va bu bolalar orasida qurbonlar sonining keskin oşişiga olib kelgan. Komissiya bu holatlar bolalarning ataylab nişonga olinganini körsatişi mumkinligini bildirgan.
Hisobotda, şuningdek, yordam, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berişga qöyilgan çeklovlar, majburiy köçirişlar va doimiy hujumlar bolalar salomatligi hamda ruhiy holatiga jiddiy zarar yetkazgani qayd etilgan. BMT malumotiga köra, Ğazodagi deyarli barça bolalar psixologik yordamga muhtoj.
Ğarbiy Sohil va Şarqiy Quddusda esa falastinlik bolalarga nisbatan zöravonlik holatlari köpaygan, ommaviy hibslar paytida qiynoqlar va şafqatsiz munosabatlar qayd etilgan.
Isroil esa hisobotni rad etib, uni “tuhmatomuz va bir tomonlama” deb atagan. Isroilning Jenevadagi vakolatxonasi bayonotida mamlakat qurolli kuçlari mojarolar vaqtida bolalarga zarar yetkazmaslik uçun harakat qilişi, hisobot esa HAMASning harakatlarini inobatga olmagani qayd etilgan.
Malumot uçun, BMT komissiyasi xulosalari majburiy yuridik kuçga ega emas, ammo xalqaro taşkilotlar va sudlar tomonidan dalil sifatida körib çiqilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Birlaşgan Millatlar Taşkiloti maxsus komissiyasi Livandagi uruşda qaysi tomon xalqaro qonunlarni buzganini tekşiriş maqsadida tergovçilar guruhini jönatişini elon qilgandi.