PKK tugatilişiga yaqin qoldi – Erdöğan
Turkiyada muholif Kurdiston işçilar partiyasi (PKK)ni tarqatib yuboriş jarayonlari tezlaştirildi. Bu haqda keça, 24 iyun kukni mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan malum qildi.
Qayd etilişiça, Turkiya ötgan yil noyabr oyida yangi huquqiy mexanizm yaratiş rejalarini elon qilgan, ammo mamlakatdagi kurd siyosatçilari hukumatni bu borada juda sekin harakat qilayotganlikda ayblagan.
Erdöğanning takidlaşiça, davlatning asosiy tamoyillari va xalq qadriyatlariga putur yetkazmagan holda mazkur muammoni hal etiş imkoniyati mavjud hamda tezlaştirişga doir zarur muhokamalar yakunlangaç, tegişli qonun loyihasi qisqa muddat içida parlament muhokamasiga kiritiladi.
“Biz taşkilotni tarqatib yuboriş jarayonini tezlaştiruvçi huquqiy asos ustida işlayapmiz. Zarur muhokamalar yakunlangaç, mazkur qonun loyihasini ortiqça keçiktirmasdan parlamentga taqdim etamiz. Davlatimizning xususiyatlari va xalqimizning qadriyatlaridan voz keçmagan holda bu muammoni hal qiliş imkoniyatiga egamiz, deb işonaman”, degan Erdöğan hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (Oq partiya) deputatlari oldida qilgan çiqişida.
Şuningdek, u jarayonning muhim qismi hisoblangan suriyalik kurd qurolli guruhlarini Suriya davlat tuzilmalariga integratsiya qiliş işlari ham ilgarilab borayotganini takidlagan.
Xorijiy manbalarning qayd etişiça, sönggi oylarda Eron uruşi va mintaqadagi beqarorlik xavotirlari tufayli mazkur jarayon sekinlaşgan edi. Bu qadam esa Turkiya davlati va PKK örtasidagi tinçlik jarayonida muhim siljiş bölişi mumkin.
Malumot uçun, PKK 1984 yildan beri Turkiyaning janubi-şarqida qurolli kuraş olib borib keladi. Taşkilot dastlab mustaqil kurd davlatini barpo etişni maqsad qilgan bölsa, keyinçalik avtonomiya va kurdlarning siyosiy huquqlarini kengaytiriş talablarini ilgari surgan.
Turkiya va uning ğarbiy ittifoqçilari tomonidan terrorçi taşkilot deb tan olingan PKK rahbari Abdulloh Öjalonning çaqiriğidan söng, 2025 yil may oyida qurol taşlaş va özini tarqatib yuboriş haqida qaror qabul qilgan.
Eslatib ötamiz, Turkiya huquq-tartibot idoralari, keça, 23 iyun kuni ötkazilgan terrorizmga qarşi operatsiyalar davomida 209 kişini hibsga olgandi.