USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

YeI yiğilişida uç oylik çaqaloq qatnaşdi

113 марта
ЕИ йиғилишида уч ойлик чақалоқ қатнашди

Bugun, 25 iyun kuni şvetsiyalik vazir Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vazirlarining iqlim özgarişi siyosatiga bağişlangan Lyuksemburgdagi yiğilişiga uç oylik öğlini olib bordi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, muzokara stoli atrofidagi eng yoş iştirokçi köpçilikning etiborini tortgan. Uç oylik çaqaloq Adam yiğiliş qatnaşçilari orasida eng yoş iştirokçi bölgan.

Şvetsiyaning Iqlim vaziri Romina Purmoxtari öğli Adamni YeI Kengaşi yiğilişiga olib borib, ota-onalar tatili siyosati ayollarni iş va oila örtasida tanlov qilişga majbur etmasligi kerakligini namoyiş qilişni maqsad qilganini aytgan.

“Men bunday tanlov qiliş şart emasligining amaliy namunasini körsatmoqçi edim. Albatta, buning uçun ham şerigingiz zamondan ortda qolgan inson bölmasligi, balki zamonaviy qaraşlarga ega va bu işni qöllab-quvvatlaydigan odam bölişi kerak”, degan Purmoxtari.

Yevropa Ittifoqi Kengaşi rasmiysining malum qilişiça, muassasa tarixida birinçi marta bir çaqaloq YeI vazirlari yiğilişida iştirok etgan.

Malumotlarga qaraganda, 30 yoşli Purmoxtari 2022 yilda lavozimga tayinlanganida Şvetsiya tarixidagi eng yoş vazir bölgan. U yaqinda ota-onalar tatilidan qaytgan. Şu vaqtda uning turmuş örtoği sentyabr oyida bölib ötadigan Şvetsiya saylovlariga qadar tatilda bölib, Adamga qaraş uçun Lyuksemburgga birga kelgan.

Şvetsiyadagi ota-onalar tatili siyosati

Şvetsiya dunyodagi eng saxovatli ota-onalar tatili tizimlaridan biriga ega. Mamlakatda yuqori soliqlar hisobiga moliyalaştiriladigan mazkur tizim saylovoldi kampaniyasidagi bahsli mavzulardan biriga aylangan.

Mamlakatda ota-onalar jami taxminan 16 oylik haq tölanadigan tatil oliş huquqiga ega. Şu muddatning 90 kuni har bir ota-ona uçun alohida ajratiladi va boşqasiga ötkazilmaydi. Agar belgilangan kunlardan foydalanilmasa, ular bekor qilinadi. Köpinça “otalar oylari” deb ataladigan uşbu tartib otalarni farzand tarbiyasida faolroq iştirok etişga undaş maqsadida joriy qilingan.

Purmoxtarining aytişiça, aynan şu siyosat va uning jamoasi körsatgan qöllab-quvvatlaş turmuş örtoğining Adamga qaraşi va uning işini davom ettirişi masalasini “ança kam bahsli” qilgan. Vazirning takidlaşiça, qöllab-quvvatlovçi siyosatlar faqat tatil muddatini uzaytiriş uçun köproq soliq mablağlari sarflaş bilan çeklanmasligi kerak.

U hukumatlarni ota-onalar örtasida tatilni yanada moslaşuvçan taqsimlaş va arzon bolalar parvarişi xizmatlarini kengaytiriş imkoniyatlarini ham körib çiqişga çaqirgan.

“Bu juda katta qiymat yaratadi va uni kamsitib bölmaydi. Bu qiymat har doim ham iqtisodiy bölmasligi mumkin, ammo oxir-oqibat iqtisodiy samara ham berişi mumkin. Masalan, iş va oila örtasida muvozanat saqlaşga qiynalayotgan ota-onalarning holdan toyib qolişining oldi olinadi”, degan u.

Polşa Iqlim vazirining örinbosari Kşiştof Bolesta esa siyosiy yiğilişda çaqaloq iştirok etişi heç qanday muammo tuğdirmaganini aytgan.

“Menimça, bu ajoyib holat. Bu qandaydir tösiq emas, bu hayotning bir qismi, xolos”, degan u “Reuters”ga.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: