Iyul oyida Özbekistonda havo harorati meyoridan yuqori böladi
Özbekistonda joriy yilning iyul oyida havo harorati meyoridan yuqori bölişi, ayrim hududlarda esa 45 darajagaça yetişi kutilmoqda. Bu haqda Özgidromet elon qilgan ob-havo prognozi malumotida keltirilgan.
Unga köra, iyul oyining dastlabki beş kunida kunduzgi harorat 30–35 daraja, janubda 36–39 daraja atrofida böladi. Şundan söng harorat asta-sekin kötarilib, oyning birinçi ön kunligi oxiriga borib 37–40 darajaga, janubiy hududlarda esa 41–43 darajagaça yetadi.
Oyning qolgan qismida kunduzgi harorat asosan 33–43 daraja oraliğida bölişi, respublikaning şimoliy, çöl va janubiy hududlarining ayrim joylarida esa 45 darajagaça kötarilişi mumkin. Keçalari havo harorati 20–25 daraja, janubda 25–27 daraja, şimol va çöl hududlarida esa 27–30 daraja atrofida bölişi kutilmoqda.
Özgidromet malumotiga köra, iyul oyidagi örtaça harorat iqlimiy meyordan 1,5–2 darajaga yuqori böladi. Janubda bu körsatkiç 2–2,5 darajani, şimol va çöl hududlarida esa 2,5–3 darajani taşkil etişi prognoz qilinmoqda.
Iyul oyida respublikaning aksariyat hududlarida asosan yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanadi. Faqat ayrim kunlari toğ oldi va toğli hududlarda qisqa muddatli yomğir yoğişi hamda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Oylik yoğingarçilik miqdori esa meyordan kam bölişi taxmin qilinmoqda.
Eslatib ötamiz, bugun, 29 iyun kuni Toşkent şahrida kuçli şamol kuzatilayotgani sababli çang-tözon kötarilişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.