Putinning superyaxtasi Daniya qirğoqlari yaqinida körindi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan boğlanadigan “Graceful” superyaxtasi 2022 yildan beri ilk bor radarlarda paydo böldi. U Daniya qirğoqlari yaqinida harbiy kema kuzatuvida harakatlanayotganda payqab qolingan. Bu haqda Daniyaning DR teleradiokompaniyasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, keça, 29 iyun kuni Superyaxta Daniya suvlaridan suzib ötgan. Bundan kemalarni kuzatiş böyiça “MarineTraffic” servisi malumotlari dalolat bermoqda.
“The Insider” tomonidan tahlil qilingan “Starboard Maritime Intelligence” malumotlariga köra, “Graceful” joriy yilning 28 iyun kuni Germaniya qirğoqlaridan şimolroqda radarlarda köringan. Hozirda u Daniya va Norvegiyaning janubiy qismi örtasidagi Skagerrak böğoziga çiqqan. Yaxtaning boriş manzili sifatida Istanbul körsatilgan.

“Graceful” yaxtasining Daniya qirğoqlarida va monitoring servislarida paydo bölişi kutilmagan hol böldi: Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanganidan keyin yaxtaning AIS (avtomatik identifikatsiya tizimi) uzatkiçi öçirib qöyilgan edi – kema oxirgi marta öz manzili haqidagi malumotlarni 2022 yil avgust oxirida uzatgan. Şundan söng, u baribir Boltiq dengizida, Sankt-Peterburg, Kaliningrad atrofida va Estoniya qirğoqlari yaqinida bir neça bor közga taşlangan.

“Graceful” yolğiz paydo bölmagan. Putinning yaxtasini “Voyevoda” patrul kateri va Rossiya esminetsi kuzatib bormoqda. Ularni suniy yöldoşdan olingan suratlarda ham köriş mumkin.
Malumot uçun, “Graceful” superyaxtasi 2014 yilda Rossiyaning eng yirik kemasozlik zavodi – “Sevmaş”da qurilgan. Bu OAV malumotlariga köra, Vladimir Putin foydalanadigan yaxtalardan faqat bittasidir.