Rossiya Sumi viloyatiga yuzlab hujumlar uyuştirdi
Rossiya kuçlari sönggi 24 soat içida Ukrainaning Sumi viloyatidagi aholi punktlariga 106 ta hujum uyuştirdi. Hujumlar oqibatida 21 kişi jarohat oldi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Rossiya harbiylari 29 ta aholi punktiga 44 ta alohida zarba bergan. Hujumlar sodir bölgan joylarda politsiya tergov guruhlari va portlovçi moddalarni zararsizlantiriş böyiça mutaxassislar iş olib borgan.
Sumi şahrida boşqariladigan aviabombalar fuqarolik infratuzilmasi obektiga borib tuşişi oqibatida 19 kişi jarohatlangan. Şuningdek, köp qavatli turar joy binosi, avtomobillar va yoqilği quyiş şoxobçasi şikastlangan.
Seredina-Buda hududida minomyot hujumi natijasida yana ikki kişi jarohat olgan. Gluxiv, Velika Pisarivka, Svesa, Mikolayivka, Nova Sloboda va Vorojba hududlarida turar joylar hamda transport vositalariga zarar yetgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya armiyasining Ukrainaning uçta yirik şahriga uyuştirgan hujumlari oqibatida kamida 10 kişi halok bölib, önlab odamlar jarohat olgan edi.