USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Janubiy Afrikada avtobus ağdarilib ketdi. Önlab qurbonlar bor

56 марта
Жанубий Африкада автобус ағдарилиб кетди. Ўнлаб қурбонлар бор

Bugun, 2 iyul kuni Janubiy Afrikaning Ğarbiy Keyp provintsiyasida yölovçi avtobusining ağdarilib ketişi oqibatida kamida 16 kişi halok böldi, yana 20 nafari jarohatlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Mahalliy rasmiylarning malumotiga köra, avtobus 78 nafar yölovçi bilan Keyptaun şahridan Şarqiy Keyp provintsiyasidagi Idutiva şahriga ketayotgan bölgan.

Dastlabki malumotlarga köra, haydovçi yuk taşuvçi avtomobil bilan töqnaşuvning oldini olişga uringan, biroq boşqaruvni yöqotişi oqibatida avtobus ağdarilib ketgan.

Avval ayrim xabarlarda töqqiz kişi halok bölgani aytilgan. Biroq voqea joyida ötkazilgan tekşiruvlar natijasida qurbonlar soni 16 nafarga yetgani aniqlangan. Jarohatlanganlar Vuster şahridagi şifoxonaga olib borilgan. Şuningdek, kamida 43 nafar yölovçi tibbiy yordamdan boş tortgan.

Malum qilinişiça, hodisa yuzasidan Janubiy Afrika Yöl harakatini boşqariş korporatsiyasi va politsiya tomonidan tergov olib borilmoqda.

“Avariya sababi Yöl harakatini boşqariş korporatsiyasi va Janubiy Afrika politsiya xizmatlari tomonidan olib borilayotgan tergov davomida aniqlanadi”, deydi Yöl harakatini boşqariş korporatsiyasi vakili Saymon Zvane.

Eslatib ötamiz, avvalroq Efiopiyaning Amxara mintaqasida yölovçi avtobusining jarlikka qulab tuşişi oqibatida kamida 28 kişi halok bölgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: