Pokistonda kuçli yomğir oqibatida 14 kişi halok böldi
Bugun, 2 iyul kuni Pokistonning bir qator hududlarida kuzatilgan kuçli yomğir va toşqinlar oqibatida kamida 14 kişi halok böldi, önlab odamlar jarohatlandi. Bu haqda “The Nation” xabar berdi.
Eng köp talafot Svat tumanida qayd etilgan. Sayfulloh kölida qayiq ağdarilib ketişi oqibatida bir oilaga mansub olti nafar sayyoh halok bölgan. Qutqaruvçilar ularning jasadlarini topgan, yana bir ayolni qidiriş işlari davom etayotgani qayd etilgan.
Attok tumanida kuçli yomğir oqibatida devor va tomlarning qulaşi sabab uç kişi halok bölgan. Landi Kotal hududida esa çaqmoq urişi tufayli ikki nafar bola hayotdan köz yumgan, yana tört kişi jarohat olgan. Yuqori Dir tumanidagi madrasada çaqmoq urişi oqibatida 20 nafar öquvçi jarohatlangan.
Job hududida uy tomining qulaşi oqibatida bir ayol va bir bola halok bölgan. Abbotobodda yomğir suvi avtomobilni oqizib ketişi oqibatida uç kişi jarohatlangan. Mardon şahrida esa böron vaqtida devor va reklama peştoqining qulaşi sabab ikki nafar bola va yana bir kişi tan jarohati olgan. Şuningdek, bir kişi çaqmoq urişi natijasida vafot etgan.
Kuçli yoğingarçilik Islomobod va Ravalpindida havo haroratini pasaytirgan bölsa-da, Lahorda elektr uzatiş tarmoqlaridagi nosozliklar tufayli elektr taminotida uzilişlar yuz bergan. Haripur, Abbotobod va Gujrat kabi hududlarda yöllar, bozorlar hamda pastqam joylarni suv bosgan.
Pokistonning Tabiiy ofatlarni boşqariş milliy boşqarmasi Gilgit-Baltiston, Xaybar Paxtunxva va Ozod Kaşmir hududlarida muzlik köllarining yorilişi oqibatida suv toşqinlari yuz berişi mumkinligidan ogohlantirgan. Şuningdek, toğli hududlardagi soy va jilğalarda suv sathi keskin kötarilişi ehtimoli qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kot-d’Ivuarda kuçli yoğingarçiliklar keltirib çiqargan suv toşqinlari oqibatida halok bölganlar soni 59 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.