USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Venesuelada 8 kun vayronalar ostida qolgan erkak qutqarildi

55 марта
Венесуэлада 8 кун вайроналар остида қолган эркак қутқарилди

Venesuelaning La Guaira şahrida kuçli zilzilalardan sakkiz kun ötib, qutqaruvçilar vayronalar ostidan tirik qolgan bir erkakni olib çiqişga muvaffaq böldi. Mahalliy rasmiylar va xalqaro qutqaruv guruhlari uşbu amaliyotni “möjizaviy qutqaruv” deb baholamoqda. Bu haqda “CNN” xabar berdi.

Malum qilinişiça, savdo markazida qöriqçi bölib işlagan 43 yoşli Hernan Gil qulab tuşgan avtoturargoh ostida taxminan 9 metr çuqurlikda qolib ketgan. Uni qidiriş va xavfsiz çiqariş işlari 70 soatdan ortiq davom etgan.

Qutqaruvçilar radar, ovozni aniqlaş uskunalari hamda maxsus kameralar yordamida erkakning tirik ekanini aniqlagan. Keyinçalik tor böşliq orqali unga suv, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib turilgan.

Qutqaruv işlarida Venesuela, Çili, Kosta-Rika va boşqa davlatlardan kelgan mutaxassislar iştirok etgan. Operatsiya davomida bino har qanday vaqtda qulab tuşişi mumkinligi sababli işlar öta murakkab şaroitda olib borilgan.

Qutqaruvdan söng Gil şifoxonaga yetkazilgan. Şifokorlar uning ahvoli barqaror ekanini, huşi joyida bölib, barça hayotiy körsatkiçlari meyorida ekanini malum qilgan.

“Yaxşiyamki, janob Hernan tez yordam maşinasiga olib çiqilişi bilan ahvoli barqarorlaşdi. Şifoxonaga olib ketilayotganda huşida bölib, vaziyatni yaxşi anglab turdi. Hozirda uning barça hayotiy körsatkiçlari meyorida”, deydi qutqaruv işlarida qatnaşgan Venesuela Qizil Xoçi feldşeri Luis Rodriges.

Gilning rafiqasi Gusvimar Gonsalesning aytişiça, oilasi sakkiz kun davomida uning tirik qolişidan umid uzmagan. Uning sözlariga köra, qutqaruv xabari oilaga yana umid bağişlagan.

BMTning Tabiiy ofatlarni baholaş va muvofiqlaştiriş guruhi vakili Sebastyan Mokorker bunday holat juda kam uçraşini takidlagan. Uning aytişiça, zilziladan keyingi dastlabki 72 soat omon qolganlarni topiş uçun “oltin vaqt” hisoblanadi va undan keyin tirik qoliş ehtimoli keskin kamayadi.

Venesuela hukumati qidiruv-qutqaruv işlari hali ham davom etayotganini bildirgan. Sönggi rasmiy malumotlarga köra, zilzilalar oqibatida kamida 2 295 kişi halok bölgan. Qutqaruvçilar vayronalar ostida yana tirik qolganlarni izlaşni davom ettirmoqda.

Eslatib ötamiz, Venesuelada kolumbiyalik qutqaruvçilar vayronalar ostidan 11 yoşli bolani olib çiqqandi.

Mumtozbegim Abdumöminova

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: