Xitoy Tinç okeanida raketa sinovini ötkazdi
Bugun, 6 iyul kuni Xitoy harbiylari atom suvosti kemasidan Tinç okeaniga raketa uçirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Malumotlarga köra, Xitoy Xalq ozodlik armiyasi Harbiy-dengiz kuçlariga qaraşli atom suvosti kemasi mahalliy vaqt bilan soat 12:01 da soxta jangovar kallak örnatilgan raketani uçirgan. Raketa rejalaştirilgan dengiz hududiga tuşgani aytilgan, biroq bu hudud qayerda ekani oçiqlanmagan.
Xitoy tomoni sinov mamlakatning yillik harbiy maşğulotlari doirasidagi odatiy tadbir ekanini bildirib, u heç bir davlat yoki muayyan nişonga qarşi qaratilmaganini takidlagan. Sinov Yaponiya, Avstraliya va Yangi Zelandiyaning tanqidiga sabab bölgan.
Avstraliya Taşqi işlar vaziri Penni Vong Pekin raketa sinovi haqida Kanberrani oldindan xabardor qilganini tasdiqlagan. Şu bilan birga, u bu harakatni mintaqa barqarorligiga salbiy tasir körsatişi mumkin bölgan qadam deb baholagan.
“Bu Xitoyning jadal harbiy qudratini oşirayotgani, biroq uning maqsadlari yuzasidan mintaqa kutayotgan darajadagi şaffoflik va işonçni taminlamayotgani fonida yuz bermoqda”, degan Vong.
Yangi Zelandiya Taşqi işlar vaziri Uinston Piters ham sinovdan xavotir bildirgan. Uning aytişiça, Xitoy mamlakatni ogohlantirganidan bir neça soat ötib raketani uçirgan.
“Biz, Tinç okeanidagi boşqa davlatlar singari, Xitoyning Janubiy Tinç okeanidan raketa imkoniyatlarini sinaş maydoni sifatida foydalanişidan manfaatdor emasmiz”, degan u.
Yaponiya hukumati ham raketa uçirilişi haqida oldindan xabardor qilinganini malum qilgan va Pekinni bunday harakatlarni qayta körib çiqişga çaqirgan. Tokio raketa mamlakatning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan taşqariga tuşganini, kemalar va samolyotlarga zarar yetkazilgani haqida malumot kelib tuşmaganini bildirgan.
Mintaqa davlatlari tanqidlariga javoban Xitoy Taşqi işlar vazirligi vakili Mao Nin raketa sinovi xavfsiz, standartlarga muvofiq va professional tarzda ötkazilganini takidlab, boşqa davlatlarni vaziyatni ortiqça talqin qilmaslikka çaqirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy Davlat xavfsizlik vazirligi xorijiy razvedka xizmatlari mamlakat suv hududlarini kuzatiş uçun sensorlar örnatilgan hayvonlardan foydalanayotganini malum qilgani haqida xabar berilgan edi.