USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özgidromet şoşilinç ogohlantiriş bilan çiqdi

556 марта
Ўзгидромет шошилинч огоҳлантириш билан чиқди

Joriy yilning 8–13 iyul kunlari kutilayotgan yomğirlar sababli respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqini hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Bu haqda Özgidromet ogohlantiriş bilan çiqdi.

Jumladan:

  • Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq, Yuqoriçirçiq tumanlarida hamda Angren, Olmaliq şaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
  • Farğona viloyati: Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida hamda Xonobod şahrida sel-suv toşqini hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini köriş söraldi.

Şuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomğir suvlari töplanişi ehtimoli borligi, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkinligi qayd etildi.

Eslatib ötamiz, bugun, 7 iyul kuni Özbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toşkent şahrida kuçli şamol va ayrim joylarda çang-tözonlar kuzatilişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: