Tramp Eron bilan kelişuvni, Ispaniya bilan esa savdoni töxtatişni buyurdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroni tugatiş böyiça imzolangan anglaşuv memorandumi “tugagani”ni aytdi hamda Tehron bilan muzokaralarni davom ettirişni istamasligini bildirdi. Bu haqda u Anqarada ötayotgan NATO sammitida jurnalistlar bilan suhbatda malum qildi.
Tramp, şuningdek, AQŞ Moliya vaziri Skott Bessentga Ispaniya bilan savdo aloqalarini töxtatiş böyiça topşiriq berganini aytib, Madridni NATOdagi “yomon şerik” deb atagan.
“Bu juda qiziq savol. Menimça, hammasi tugadi. Men ular bilan işlaşni istamayman. Ular razil odamlar. Ular kasal odamlar va ularga kasal odamlar rahbarlik qilmoqda. Men uçun ular bilan işlaşga vaqt sarflaşning heç qanday manosi yöq”, degan Tramp Eron bilan avgust örtalarigaça uzoq muddatli tinçlik kelişuvini işlab çiqişni nazarda tutgan vaqtinçalik kelişuv haqidagi savolga javoban.
Şuningdek, Vaşington va Madrid örtasida ham keskin kelişmovçiliklar saqlanib qolmoqda. Ispaniya Yevropa davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin oşirişi haqidagi Tramp talablarini oçiqçasiga rad etgan.
“Ispaniya – umidsiz holat. Biz endi Ispaniya bilan heç qanday savdo qilmoqçi emasmiz. Qolaversa, men buni töliq töxtatişni istayman. Ispaniya NATOdagi juda yomon şerik. Ular iştirok etmaydi, tölamaydi. Men Ispaniya bilan heç qanday aloqani istamayman. Ispaniya bilan barça savdoni, hatto taşriflarni ham töxtating”, degan Tramp.
Bunga javoban Ispaniya Boş vaziri Pedro Sançes devoni Trampning bayonotlarini “odatiy holat” sifatida baholayotganini bildirgan. Devonga köra, ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar har ikki tomon uçun ham manfaatli hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi bugun, 8 iyul kuni AQŞning Eronga bergan yangi zarbalaridan söng Bahrayn va Quvaytdagi AQŞ harbiy obektlariga raketa va dronlar bilan hujum qilgandi.