Özgidromet tezkor ogohlantiriş bilan çiqdi
Joriy yilning 13-17 iyul kunlari Özbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelişi kutilmoqda. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Havo harorati eng issiq kunlarda respublikaning katta qismida 41-43 darajagaça, şimolda, janubda va çöl hududlarda 44-46 darajagaça kötariladi.
Respublika böyiça bazi joylarda şamol tezligi 13-18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda dam oliş kunlari havo harorati 43 darajagaça kötarilişi haqida xabar berilgan edi.