Isroilning Ğazodagi hujumlarida 6 kişi, jumladan 9 yoşli qiz halok böldi
Isroilning keça, 12 iyul kuni Ğazo sektoriga uyuştirgan hujumlari oqibatida kamida 6 kişi, jumladan 9 yoşli qizaloq halok böldi. Bu haqda Falastin soğliqni saqlaş idoralari malum qildi.
Tibbiyot xodimlarining bildirişiça, Ğazoning markazidagi Al-Burayj qoçqinlar lageri şarqiy qismidagi çodirlar şaharçasiga Isroil harbiylari tomonidan oçilgan öq natijasida 9 yoşli Tala Abu Matar halok bölgan. Isroil armiyasi esa mazkur voqeadan xabardor emasligini bildirgan.
Ğazo şahrining Sabra mahallasida joylaşgan metall quyiş korxonasiga berilgan havo zarbasi oqibatida tört kişi halok bölgan. Guvohlarning aytişiça, obektga uçta Isroil raketa zarbasi berilgan. Isroil harbiylari mazkur hujum qurol işlab çiqariş obekti içida harakat qilayotgan HAMAS vakillariga qarşi qaratilganini malum qilgan. Armiya bayonotida aytilişiça, HAMAS uşbu obektdan foydalanib, öt oçişni töxtatiş kelişuvini buzgan.
Bundan taşqari, Isroil armiyasi 9 iyul kundan buyon Ğazoning şimolida öz harbiylariga hujum tayyorlayotgan kamida ikki nafar HAMAS askarini yöq qilganini bildirgan.
12 iyul kuni keçroq Xon Yunis janubidagi Al-Mavasi hududida joylaşgan çodirlar şaharçasiga berilgan yana bir Isroil zarbasi oqibatida kamida bir kişi halok bölgan, bir neça kişi, jumladan bolalar jarohat olgan. Bu böyiça Isroil armiyasi hozirça izoh bermagan.
Qayd etiş joizki, 2025 yil oktyabr oyida Isroil va HAMAS örtasida AQŞ vositaçiligida tuzilgan öt oçişni töxtatiş kelişuvi keng kölamli janglarni töxtatgan bölsa-da, Isroilning hujumlari davom etmoqda. Rasmiy malumotlarga köra, kelişuv kuçga kirganidan beri bunday hujumlarda 1 000 nafardan ortiq falastinlik halok bölgan. Şu davr mobaynida Ğazoda jangarilar hujumlari natijasida tört nafar Isroil askari ham halok bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ğazo sektori markazidagi Deyr al-Balah şahriga Isroil tomonidan amalga oşirilgan aviahujum oqibatida uç nafar falastinlik, jumladan bir nafar bola halok bölgan edi.