Ertaga havo 45 darajagaça isiydi
Özgidromet ertaga, 14 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini elon qildi.
Unga köra, Toşkent şahrida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 24–26 daraja, kunduzi 38–40 daraja böladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, bazi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, bazi joylarda 13–18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Harorat keçasi 24–29 daraja, kunduzi 39–44 daraja böladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, bazi joylarda 13–18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Harorat keçasi 25–30 daraja, kunduzi 40–45 daraja böladi.
Toşkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, bazi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 23–28 daraja, kunduzi 38–43 daraja böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 25–30 daraja, kunduzi 39–44 daraja böladi.
Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida havo biroz bulutli, bazi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 22–27 daraja, kunduzi 35–40 daraja böladi.
Respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida havo biroz bulutli, bazi joylarda özgaruvçan böladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Şamol şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, bazi joylarda 13–18 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 15–20 daraja, kunduzi 28–33 daraja böladi.
Şuningdek, Özgidromet bugun, 13 iyul kuni Toşkent, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarining toğ oldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Eslatib ötamiz, Özgidromet joriy yilning 13–17 iyul kunlari Özbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelişi kutilayotgani haqida ogohlantiriş bilan çiqqan edi. Şu bilan birga, bugun, 13 iyul kuni Özbekistonning ayrim hududlarida çang-tözon kuzatilişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.