Ertaga ob-havo qanday böladi?
Özgidromet ertaga, 18 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini elon qildi.
Toşkent şahrida havo kam bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 26-28 daraja, kunduzi 43-45 daraja böladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, bazi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, bazi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Harorat keçasi 25-30 daraja, kunduzi 40-45 daraja böladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, bazi joylarda 15-20 m/s gaça kuçayadi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatiladi. Harorat keçasi 24-29 daraja, çöl hududlarda 33-35 darajagaça, kunduzi 43-48 daraja böladi.
Toşkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatiladi. Harorat keçasi 22-27 daraja, bazi joylarda 30 darajagaça, kunduzi 40-45 daraja böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatiladi. Harorat keçasi 27-32 daraja, kunduzi 43-48 daraja böladi.
Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida havo biroz bulutli, bazi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 23-28 daraja, kunduzi 38-43 daraja böladi.
Respublikaning toğli hududlarida havo biroz bulutli, bazi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 17-22 daraja, kunduzi 31-36 daraja böladi.
Joriy yilning 17-20 iyul kunlari Özbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelişi davom etadi. Issiq 43-45 darajagaça, janubda va çöl hududlarda bazi joylarda 46-48 darajagaça kötarilişi kutilmoqda. Respublika böyiça şamol tezligi 13-18 m/s gaça, bazi joylarda bazida 20-22 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq havo joriy yilning 21 iyulidan boşlab 6-9 darajaga pasayişni boşlaşi haqida xabar berilgan edi.