Rossiya Ukraina portiga zarba berdi. Qurbonlar bor
Bugun, 17 iyul kuni ertalab Rossiya Ukrainaning Mikolayiv şahridagi port infratuzilmasiga dronlar bilan hujum qildi. Oqibatda çet el bayroği ostidagi kemada bölgan ikki nafar Ukraina fuqarosi halok böldi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hujum Şahed-238 turidagi jangovar dronlar yordamida amalga oşirilgan. Zarba oqibatida port hududida turgan çet el bayroği ostidagi uçta fuqarolik kemasiga şikast yetgan. Mazkur holat yuzasidan Ukraina Jinoyat kodeksining 438-moddasi 2-qismi (Odamlar ölimiga sabab bölgan uruş jinoyatlari) böyiça sudgaça tergov boşlangan.
Prokuratura, tergovçilar va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari voqea joyida iş olib borib, hujum oqibatlarini hujjatlaştirmoqda. Şuningdek, Rossiya Xarkov viloyatidagi “Naftogaz” guruhining gaz işlab çiqariş obektlaridan biriga ham yirik dron hujumini amalga oşirgan. Zarba oqibatida korxona faoliyati töxtatilgan.
Kompaniya malumotiga köra, xodimlar boşpanalarga joylaştirilgan va körilgan xavfsizlik çoralari tufayli heç kim jarohatlanmagan. Hozirça yetkazilgan zarar miqdorini aniqlaşning imkoni bölmayotgani, takroriy zarbalar xavfi saqlanib qolayotgani bildirilgan.
Qayd etilişiça, joriy yil boşidan buyon “Naftogaz” guruhi korxonalariga uyuştirilgan hujumlar soni 250 taga yetgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaning “soya floti”ga tegişli 15 ta kemaga zarba bergan edi.