Poytaxt aholisi çang-tözondan ogohlantirildi
Bugun, 20 iyul kuni Özbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toşkent şahrida kuçli şamol va ayrim joylarda çang-tözonlar kuzatilişi mumkin. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Malum qilinişiça, bugun kunduzi respublika böyiça şamol bazi joylarda 13–18 m/s gaça kuçayadi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Qaşqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida esa bazida 20–22 m/s gaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Şuningdek, poytaxtda ham şamol tezligi 12–15 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar kuzatilişi mumkin.