Britaniyaning yangi Hukumati tarkibi malum böldi. Musulmon ayol IIV rahbarligini saqlab qoldi
Buyuk Britaniyaning yangi Boş vaziri Endi Bernem yangi hukumat tarkibini taqdim etdi. Bu haqda Dauning-strit, 10-uydan malum qilindi.
Taşqi işlar vaziri lavozimini Ed Milibend, mudofaa vaziri lavozimini esa Ues Striting egalladi. Jon Xili moliya vaziri, Şabana Mahmud esa içki işlar vaziri etib tayinlandi. Töğriroq aytadigan bölsa, 2025 yilda Starmer Hukumatida Içki işlar vaziri lavozimiga tayinlangan Şabana Mahmud uşbu lavozimni özida saqlab qoldi.
1980 yilda tuğilgan Şabana Mahmud kelib çiqişi pokistonlik oilaga borib taqaladi. 2010 yildagi umumiy saylovlarda Birmingem Ledivud (Birmingham Ladywood) okrugidan Parlament jamoatlar palatasiga saylangan. U Roşanara Ali va Yasmin Qureşi bilan birga Britaniya parlamentiga saylangan birinçi musulmon ayol deputatlar triosiga kirdi.
Aleks Norris adliya vaziri, Ivett Kuper soğliqni saqlaş vaziri, Pet Makfadden mehnat va pensiyalar vaziri, Jonatan Reynolds biznes, innovatsiyalar, fan va savdo vaziri, Lyusi Pauell esa talim vaziri etib tasdiqlandi. Xeydi Aleksandr transport vaziri lavozimini saqlab qoldi.
Miatta Fanbulle energetika va uglerod neytralligi vaziri lavozimini egalladi. Atrof-muhitni muhofaza qiliş, oziq-ovqat va qişloq xöjaligini rivojlantiriş vaziri lavozimi Anjela Iglga, Lankaster gertsogligi kantsleri (maxsus topşiriqlar böyiça vazir) lavozimi Luiza Xeygga, uy-joy qurilişi, jamoalar va mahalliy hokimiyat organlari vaziri lavozimi esa Anjela Reynerga topşirildi. Raqamli texnologiyalar, madaniyat, ommaviy axborot vositalari va sport vaziri lavozimida Liza Nendi qoldi.
Kris Brayant yangi hukumatda Şimoliy Irlandiya işlari böyiça vazir, Stiven Kinnok esa Uels işlari böyiça vazir böldi. Duglas Aleksandr Şotlandiya işlari böyiça vazir bölib qoldi. Alan Kempbell Britaniya parlamenti Jamoalar palatasi rahbari (hukumatning deputatlar bilan özaro hamkorligini muvofiqlaştiradi) va Maxfiy kengaş lord-raisi (qirol maslahatçilari organi) lavozimlarini, Anjela Smit esa Lordlar palatasi rahbarini saqlab qoldi. Jamoalar palatasida parlament partiya taşkilotçisi (boş “qamçi”) Anneliz Midjli, Angliya va Uels Boş prokurori (attorney) – Elli Rivz tayinlandi.
Bernam 20 iyul kuni tuşdan keyin Boş vazir lavozimini egalladi. U may oyida bölib ötgan mahalliy saylovlarda mağlubiyatga uçragan hukmron Leyboristlar partiyasi deputatlari bosimi ostida istefoga çiqişga majbur bölgan Kir Starmerning örnini egalladi.