Namanganda kuçli döl yoğdi. Bulutlar snaryad bilan haydaldi
Bugun, 23 iyul kuni Namangan viloyatining Yangiqörğon tumani hududida kuçli döl yoğdi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Malum qilinişiça, tumanga qöşni Qirğiziston hududining şimoli-ğarbiy qismidan konvektiv dölli bulut kirib kelgan.
_png%20(2).jpg)
Yangiqörğon GJTK BMS tomonidan döl yoğişining oldini oliş va qişloq xöjaligi mahsulotlarini himoya qiliş maqsadida 18 dona “Alazan-6” dölga qarşi vositasi qöllangan.
Jumladan, 1-sonli TKPdan 6 dona (Iskovot, Yangihayot, Hadikent hududlari), 3-sonli TKPdan 6 dona (Boğiston, Örtayalanğoç hududlari), 4-sonli TKPdan esa 6 dona (Boğiston, Örtayalanğoç, Hadikent hududlari) snaryad işlatilgan.
Biroq tasir işlari yakunlangandan söng, soat 14:03 da Yangiqörğon tumani Zarkent, Özak va Yangihayot qişloqlari hududida döl yoğişi qayd etilgan.
_png%20(2)(1).jpg)
Döl hodisasi 41 daraja 22 daqiqa 25.5 soniya şimoliy kenglik, 71 daraja 40 daqiqa 56.7 soniya şarqiy uzunlik geografik koordinatalarida kuzatilgan.
Bildirilişiça, hozirda tasir samaradorligini baholaş hamda ehtimoliy zararlarni aniqlaş maqsadida hodisa kuzatilgan hududlarda dala örganiş işlari olib borilmoqda.
_png%20(2)(2).jpg)
Eslatib ötamiz, bugun, 23 iyul kuni Özbekistonning ayrim hududlarida, jumladan, Toşkent şahrida kuçli şamol va ayrim joylarda çang-tözonlar kuzatilişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.