Quvayt va Bahrayn Eronga yaşirin havo zarbalarini bergan – WSJ
Quvayt va Bahrayn Eron hududidagi obektlarga yaşirin havo zarbalarini bergan. Bu ularning Eronga qarşi ilk töğridan töğri harbiy javob harakati bölgan. Bu haqda öz manbalarga tayanib, “The Wall Street Journal” (WSJ) xabar berdi.
Gazeta malumotlariga köra, aviahujumlar harbiy obektlar, jumladan, dronlar va raketalar omborlariga qaratilgan. Hujum uçun razvedka malumotlari va havodan qöllab-quvvatlaşni Birlaşgan Arab Amirliklari taşkil etgan.
Naşrning yozişiça, sönggi bir neça hafta davomida Tehron Bahrayn va Quvayt hududlariga, u yerlarda joylaşgan AQŞ harbiy bazalarini nişonga olgan holda, bir neça bor zarbalar bergan.
Şu bilan birga, Birlaşgan Arab Amirliklari mintaqadagi keskinlikni pasaytirişni qöllab-quvvatlaşini va Hormuz böğozini oçişga çaqirganini bildirgan. Mamlakat Taşqi işlar vazirligi Quvayt va Bahraynga qilingan hujumlarni qoralab, “uşbu davlatlar bilan töliq hamjihatligini va ularning xavfsizligi hamda barqarorligini taminlaşga qaratilgan çoralarni qöllab-quvvatlaşini” malum qilgan.
Qayd etilişiça, Quvaytning AQŞdagi elçisi Al-Zayn Al-Sabah Eronga zarba berilgani haqidagi malumotni rad etgan.
“Quvayt davlati Eronga qarşi heç qanday harbiy operatsiyalarda iştirok etmagan va öz hududidan qöşni davlatlarga qarşi hujum operatsiyalari ötkaziş uçun foydalanişga ruxsat bermagan”, degan u.
Avvalroq, 21 iyul kuni Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) AQŞ hujumlariga javob sifatida Bahrayndagi Amazon kompaniyasining data-markaziga zarba berilganini malum qilgan edi. Şuningdek, IIQKning havo-kosmik kuçlari Iordaniyadagi AQŞ harbiy bazasiga raketa zarbasi bergan.
Ayni paytda, Eron Qurolli kuçlari Quvaytda AQŞ qöşinlari joylaşgan uçta harbiy obektga dronlar bilan hujum qilganini bildirgan.
Bundan bir neça kun avval Eron Quvayt, Iordaniya, Bahrayn, Qatar va Umondagi AQŞ obektlariga bir vaqtning özida raketa va dronlar bilan zarbalar berganini malum qilgan edi. Quvaytda nişon sifatida Patriot majmuasi, öq-dori ombori va harbiy radar körsatilgan. Uşbu hujumlardan söng AQŞ Eron hududiga zarbalar berişni davom ettirgan.