5 nafar bosniyalik alpinist Rossiya toğlarida halok böldi
Rossiyaning Elbrus toğida kuçli böron oqibatida 5 nafar bosniyalik alpinist halok böldi. Ob-havo noqulayligi sababli ulardan 3 nafarining jasadi hali toğdan olib tuşilmagan. Bu haqda RIA Novosti Rossiya rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvçilar dengiz sathidan 5 350 metr balandlikda 2 nafar halok bölgan alpinistning jasadini evakuatsiya qilganini malum qilgan. Bundan avval esa 2 nafar tirik qolgan alpinist qutqarilib, tibbiy yordam uçun şifoxonaga olib ketilgan.
Rossiya Tergov qömitasining mintaqaviy boşqarmasi qutqaruvçilar yana 3 nafar halok bölgan alpinistning jasadini topganini, ammo yomon ob-havo tufayli ularni hozirça evakuatsiya qiliş imkoni bölmayotganini bildirgan.
Rossiya rasmiylari halok bölganlarning fuqaroligini oçiqlamagan bölsa-da, mahalliy huquq-tartibot idoralari naşrga ular Bosniya va Gertsegovina fuqarolari ekanini malum qilgan.
Balandligi 5 642 metr bölgan, Gruziya çegarasining şimolida joylaşgan Elbrus toği ob-havo va toğga çiqiş şaroitining keskin özgarişi bilan maşhur.
Bosniya ommaviy axborot vositalarining xabar qilişiça, yetti kişidan iborat alpinistlar guruhi mamlakatning Zenitsa şahri aholisi bölgan. Ular orasida turmuş qurgan juftlik hamda mahalliy şifoxonada işlovçi ayol şifokor ham bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq nepallik şerpa (toğ yölboşlovçisi) Everestda ovqatsiz va qöşimça kislorodsiz olti kun qolib ketib tirik qolgandi.