11 hududda kuçli şamol va çang-tözon böladi – Özgidromet
Bugun, 4 avgust kuni Özbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toşkent şahrida kuçli şamol va bazi joylarda çang-tözonlar kuzatilişi mumkin. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Malum qilinişiça, bugun kunduzi Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Farğona viloyatlari va toğli hududlarning bazi joylarida şamol tezligi 13–18 m/s gaça kuçayadi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Poytaxtda şamol tezligi 12–15 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 4–7 avgust kunlari kutilayotgan yomğirlar sababli respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.