USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp va Xegset örtasida dahanaki jang böldi – WP

203 марта
Трамп ва Хегсет ўртасида даҳанаки жанг бўлди – WP

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan uruş fonida öq-dorilar tanqisligi sababli Pentagon rahbari Pit Xegsetdan tuşuntiriş berişni talab qildi. Bu haqda ikki manbasiga tayanib, “The Waşington Post” xabar berdi.

Ularning sözlariga köra, ötgan haftada Kemp-Devidda bölib ötgan Vazirlar Mahkamasi yiğilişida Tramp Xegsetdan nima uçun öq-dorilarning keskin yetişmovçiligi borasida çalğitilganini tuşuntirib berişni söragan. Prezident tanqislik muammosi allaqaçon hal qilingan deb hisoblagan bölgan.

Bunga javoban Pentagon rahbari, naşr suhbatdoşlarining aytişiça, özini himoya qilib, masuliyatni öz örinbosari Stiven Faynbergga ağdarişga uringan.

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt “The Waşington Post” manbalarining gaplarini “feyk” deb atagan. 

“Bunday narsa umuman bölmagan. Prezident Tramp Xegsetga töliq işonadi”, deya qöşimça qilgan u.

Pentagon ham Tramp va Xegset örtasidagi dahanaki jang, şuningdek, AQŞda öq-dorilar tanqisligi haqidagi xabarlarni “uydirma” deb atagan. AQŞ yetakçisining özi snaryadlar yetişmovçiligi haqidagi xabarlarga izoh berar ekan, mamlakatda “öq-dorilarning ulkan zahiralari” borligini yana bir bor takidlagan. Uning sözlariga köra, hozirda bu kabi malumotlarni tarqatayotganlar qidirilmoqda.

Qayd etiş joiz, Pit Xegset Eronga qarşi harbiy harakatlarning asosiy tarafdorlaridan biri hisoblanadi. “The Waşington Post”ning yozişiça, u Donald Trampni Tehron ustidan qozoniladigan ğalaba tez va nisbatan yengil bölişiga işontirgan. Biroq fevral oyida boşlangan uruş hanuzgaça davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, iyul oyi oxiri – avgust oyi boşida AQŞ Eronni bombardimon qilişni vaqtinça töxtatdi. Tramp bunday qaror muzokaralardagi ilgarilaş fonida qabul qilinganini tuşuntirdi. Amerika OAVlari manbalari esa zarbalardan voz keçişning haqiqiy sababi AQŞ Eron bilan uruşda deyarli barça raketa zahirasini işlatib bölganida deb takidlamoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: