Bugun Toşkentda yomğir yoğadi
Bugun, 10 avgust kuni Özbekistonda havo harorati 42 darajagaça kötariladi, şuningdek, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Unga köra, bugun kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Toşkent viloyatining ayrim joylarida kunning ikkinçi yarmida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-40 daraja, şimolda, janubda va çöl hududlarda 41-42 darajagaça böladi.
Poytaxtda kunning ikkinçi yarmida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39 daraja böladi.
Toğli hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-33 daraja böladi.