“Qança turadi?” Mask Britaniyaning narxiga qiziqdi
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask hazil tariqasida Buyuk Britaniyani sotib olişi mumkin bölgan summa bilan qiziqdi. Bu haqda u özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi.
U “The Babylon Bee” satirik naşrining “bugun Ilon Mask fuqarolarga bir paytlar ega bölgan söz erkinligini qaytarib beriş uçun Buyuk Britaniyaning butun hududini kutilmaganda sotib oldi” mazmunidagi soxta xabariga şunday munosabat bildirdi.
“Bu qança turadi?” deb javob qaytardi Mask.
Milliarder xuddi şunday savolni 2017 yilda Twitter (hozirgi X) foydalanuvçilaridan birining platformani sotib oliş haqidagi taklifiga javoban bergan edi. 2022 yilda Mask ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotib oldi. 2023 yilda ijtimoiy tarmoq öz nomi va logotipini özgartirdi. Tadbirkor bu qarorni “hamma narsa uçun” möljallangan ilova yaratiş bilan izohlagan edi.
Malumot uçun, Ilon Mask – dunyoning eng boy odami. “Forbes” hisob-kitoblariga köra, uning boyligi 826,2 milliard dollarni taşkil etadi. Yoz boşida u bir muddat trillioner böldi, ammo tez orada bu maqomni yöqotdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq SpaceX kompaniyasi IPO oldidan investorlar uçun taqdim etgan hujjatlarida kompaniya rahbari Ilon Maskning yillik rasmiy maoşi 2019 yildan beri 54 ming dollar ekanini malum qilgandi.