Bugun 7 ta hududda kuçli şamol va çang-tözon böladi
Bugun, 28 avgust kuni Özbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toşkent şahrida kuçli şamol va bazi joylarda çang-tözonlar kuzatilişi mumkin. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Malum qilinişiça, kunduz kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo viloyatlarining bazi joylarida şamol tezligi 13-18 m/s gaça kuçayadi, Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarining ayrim joylarida bazida 20-22 m/s gaça kuçayişi, bazi joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Şuningdek, poytaxtda ham şamol tezligi 10-12 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq joriy yilning sentyabr oyida ob-havoning nisbatan quruq va biroz iliq bölişi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.