Niderlandiya Nyu-York va Ottavadan 86 tonna oltin olib çiqdi
Niderlandiya Markaziy banki (DNB) Nyu-York va Ottavadan Londonga 86 tonna oltinni olib çiqdi. Uşbu qadamdan söng AQŞ Niderlandiya oltin zaxiralarining eng yirik saqlovçisi maqomini yöqotdi. Bu haqda DNB press-relizida söz boradi.
Qayd etilişiça, 2026 yilning martidan avgustiga qadar Niderlandiya Markaziy banki AQŞ va Kanadadan Britaniyaga 86 tonna oltinni olib çiqqan. Gap Nyu-York va Ottavada saqlanayotgan zaxiralarning (313 tonna) çorak qismidan köproği haqida bormoqda. Regulyator “ortib borayotgan geosiyosiy keskinlikni hisobga olgan holda” şunday qadamga jazm etgan. DNB oltinni Londonga ötkaziş “jiddiy inqirozlar”ga yaxşiroq tayyorgarlik köriş imkonini berişini qayd etgan.
Malumot uçun, Niderlandiyaning oltin zaxiralari 612,4 tonnani taşkil etadi. 2025 yil oxiriga kelib ularning qiymati 72,2 milliard yevroga baholangan. Zaxiralarning bir qismi Londonga olib çiqilişiga qadar AQŞ Niderlandiya oltinining eng yirik saqlovçisi edi: Nyu-York uluşiga 31,3 foiz töğri kelardi. Endilikda AQŞda Niderlandiya zaxiralarining 18,5 foiz qismi qoldi. Kanadaning uluşi kamroq darajada qisqardi: 19,7 foizdan 18,5 foizgaça. Şu tariqa, mamlakat oltinining asosiy saqlovçisi maqomi Buyuk Britaniyaga ötdi – uning uluşi 18,1 foizdan 32,1 foizgaça ortdi. Qolgan zaxiralar (30,8 foiz) Niderlandiyaning Utrext yaqinidagi Zeyst şahrida joylaşgan. DNB oltin zaxiralarining georafik taqsimlanişi endilikda yanada muvozanatli holatga kelgan, deb hisoblaydi.
Frantsiyada oltin savdosiga kömaklaşuvçi Parijning National Gold Counter kompaniyasi prezidenti Loran Şvartsning aytişiça, AQŞdagi hozirgi siyosiy vaziyat boşqa markaziy banklarni ham öz oltin zaxiralarini saqlaş uçun AQŞ örniga boşqa yurisdiktsiyalarni tanlaşga undaşi mumkin. U London bozorining likvidligi yuqoriroq bölgani sababli inqiroz davrida undan foydalaniş haqiqatan ham osonroq ekanini tuşuntirgan.
“Markaziy banklar aynan öşa yerda öz oltinlarini boşqa bank muassasalariga osonroq qarzga berişlari mumkin”, deydi u.
Cite Gestion xususiy banki tahlilçisi Jon Plassarning fikriça, Niderlandiya tomonidan oltinning olib çiqilişi “bir martalik aktsiya”, ammo agar ularning ortidan boşqalar ham ergaşsa, bu AQŞga bölgan işonçga putur yetkazişi mumkin.