Tramp vakillarining Moskvaga safari sababi malum böldi
AQŞ Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kuşner Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni yakunlaş böyiça tinçlik kelişuviga erişiş uçun xorijga yöl oladi. Bu haqda Tramp keça, 4 sentyabr kuni jurnalistlarga bergan intervyusida malum qildi.
Naşrga köra, Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda AQŞ uruşni tugatişga qaratilgan yangi va aniq taklifga ega ekanini aytgan. Biroq Tramp tinçlik taklifining tafsilotlarini oçiqlamagan. Şuningdek, Uitkoff va Kuşner Rossiyaga, Ukrainaga yoki har ikki davlatga borişini ham aniq aytmagan.
“Bizda tinçlik uçun bir ğoya bor“, degan Tramp.
Uning sözlariga köra, Uitkoff va Kuşner “ajoyib muzokaraçilar“ bölib, AQŞ ularni kelişuvga erişiş imkoniyatini baholaş uçun yubormoqda.
Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Uitkoff va Kuşner avval Moskvaga, ertaga, 6 sentyabr kuni esa Kiyevga borişini malum qilgan. “Reuters“ manbalariga köra, ular hafta oxirida Moskvaga taşrif buyurib, keyin Kiyevga yöl olişni rejalaştirgan. Biroq xavfsizlik masalalari sababli safar jadvali sönggi kunlarda özgargan va Kiyevga taşrif hali yakuniy tasdiqlanmagan.
Ğarb razvedka xizmatlarining aksariyat vakillari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qisqa muddatli kelişuvga erişişdan manfaatdor ekaniga şubha qilmoqda. Ukraina razvedkasi esa Rossiya yaqin istiqbolda uruşni yumşatiş örniga, uni yanada kuçaytirişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliff Rossiya poytaxti Moskvaga elon qilinmagan muzokaralar uçun borgan edi.