USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Soqol bilan kira olmaysiz”. Soqolli erkak Xitoyga kiritilmadi

152 марта
“Соқол билан кира олмайсиз”. Соқолли эркак Хитойга киритилмади

Qozoğistonlik sayyohlar Xitoy bilan çegaradagi Xorgos nazorat-ötkaziş punktidan soqoli borligi uçun ötkazilmadi. Erkaklardan soqolini oliş talab qilingan. Bu haqda “Ulysmedia.kz” xabar berdi.

 

Qozoğistonliklardan biri Samat Avganovning aytişiça, u 2022 yildan beri iş yuzasidan Xitoyga muntazam qatnab keladi, ammo avval bunday talabga duç kelmagan. Uning sözlariga köra, joriy yilning 3 sentyabr kuni odatdagidek Xorgosga borganida undan soqolini oliş yoki Qozoğistonga qaytiş talab qilingan. Şu sababli u soqolini olgan.

Yana bir sayyoh Çingiz Xudoyberganovning bildirişiça, bunday tekşiruvlar bir neça kundan beri amal qilmoqda. Uning aytişiça, soqolli erkaklarni politsiya xodimlari kutib olib, ularga ustara bergan. Erkaklar soqolini olmagunça çegaradan ötkazilmagan. Xudoyberganov esa bloger ekanini tuşuntirib, soqolining kiçik qismini qoldirişga kelişgan. Şuningdek, u ayrim sayyohlarning telefonlari ham tekşirilayotganini aytgan.

Hozirça oçiq manbalarda çet elliklar yoki qozoğistonliklarni Xitoyga soqol bilan kirişini taqiqlovçi yangi rasmiy qoida haqida malumot berilmagan. Şu sababli, bunday talab Xitoyning barça çegara punktlarida amal qiladimi yoki aynan Xorgos hududiga taalluqlimi, şuningdek, uning huquqiy asosi nima ekani nomalum.

Xitoyning Şinjon-Uyğur avtonom rayonida şu kabi çeklovlar 2017 yilda ham joriy qilingan. Öşa vaqtda mahalliy hokimiyat “ğayritabiiy soqollar”ni ekstremistik mafkurani tarqatiş bilan boğliq belgilar qatoriga kiritgan. Şuningdek, öşa qoidalar yuz va tanani töliq yopib turadigan kiyimlar hamda ekstremistik ramzlardan foydalanişni ham çeklagan. Biroq Xorgosda hozir kuzatilayotgan holatlar aynan şu qoidalar bilan boğliq ekani hozirça malum emas.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tojikistonning Panjakent şahrida mahalliy hokimiyat va huquqni muhofaza qiluvçi organlar milliy ananalarga mos kelmaydi deb baholangan kiyimlarga qarşi reydlar ötkazayotgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: