Kaliforniyada samolyot qulab tuşdi. Qurbonlar bor
Keça, 5 sentyabr kuni tuşdan keyin AQŞning Kaliforniya ştatidagi Fresno şahri aeroporti yaqinida kiçik samolyotning qulab tuşişi oqibatida ikki nafar bola halok böldi, ikki nafar katta yoşli şaxs esa şifoxonada yaşab qoliş uçun kuraşmoqda. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.
Qayd etilişiça, tört kişini olib ketayotgan havo kemasi mahalliy vaqt bilan soat 14:00 atrofida San-Xoakin daryosi yaqinida qulab tuşgan. Hodisa joyiga şoşilinç xizmatlar jalb qilingan.
Fresno okrugi Şerif boşqarmasining jamoatçilik bilan aloqalar böyiça xodimi Toni Bottining malum qilişiça, huquq-tirtibot idoralariga soat 13:50 atrofida Serra-Skay-Park yaqinidagi Blayt avenyusining şimoliy çekkasida samolyot qulagani haqida xabar kelib tuşgan.
Öt öçiruvçilar, politsiyaçilar va şerif örinbosarlari voqea joyiga yetib borganida daryo yaqinidagi tepalikda samolyot qoldiqlarini va yaqin oradagi adirlikni yonğin egallayotganini körgan.
Ikki nafar katta yoşli şaxs öta oğir ahvolda şifoxonaga yetkazilgan. Jabrlanganlarning şaxsi va aniq yoşi hali tasdiqlanmagan. Tergovçilar halokat sabablarini örganişni boşlagan. Hozirça samolyotning nima sababdan qulagani noaniqligiça qolmoqda.
Bottining sözlariga köra, Federal aviatsiya boşqarmasi (FAA) va Milliy transport xavfsizligi kengaşi (NTSB) tergovga jalb qilingan. Tergovçilarga işlaş uçun şaroit yaratiş va odamlarni yaqinlaştirmaslik maqsadida halokat joyi atrofida xavfsizlik tösiği örnatilgan.
ABC30 xabariga köra, hodisa joyida Fresno politsiyasi, Fresno yonğin xavfsizligi xizmati, Fresno okrugi Şerif boşqarmasi, PG&E energetika kompaniyasi va Şimoliy Markaziy yonğin xavfsizligi bölimi xodimlari ham iş olib borgan.
PG&E kompaniyasining elektr uzilişlari xaritasiga köra, samolyot qulaşi yaqin atrofda yaşovçi aholi xonadonlarida elektr taminoti uzilişiga sabab bölgan, biroq keyinçalik xizmat körsatiş qayta tiklangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Gretsiya şarqida aviaşou vaqtida F-4 Phantom qiruvçi samolyoti halokatga uçragan edi.