USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoyda SI yordamida işlab çiqilgan ilk dori bozorga çiqariladi

115 марта
Хитойда СИ ёрдамида ишлаб чиқилган илк дори бозорга чиқарилади

Xitoyda suniy intellekt yordamida işlab çiqilgan ilk innovatsion dori bozorga çiqarişga şartli ravişda tasdiqlandi. Bu haqda “Global Times” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Mprosevir nomini olgan preparat universiteti, Uestleyk laboratoriyasi va Westlake Pharmaceuticals kompaniyasi hamkorligida işlab çiqilgan. Dori Xitoy Milliy tibbiy mahsulotlar boşqarmasi (NMPA) tomonidan bozorga çiqariş uçun şartli ravişda maqullangan.

Mprosevir Xitoyda “1-sinf” innovatsion dori sifatida tasniflangan. Mazkur toifaga Xitoyda yoki boşqa davlatlarda avval bozorga çiqarilmagan, yangi kimyoviy tuzilma va tasir mexanizmiga ega, şuningdek, klinik qiymati aniq bölgan preparatlar kiradi.

Preparatning yana bir muhim jihati şundaki, u DNK-kodlangan kutubxona (DEL) texnologiyasi asosida muvaffaqiyatli işlab çiqilib, dunyoda tasdiqlangan ilk kiçik molekulali innovatsion dori sifatida etirof etilmoqda. Bu texnologiya kontseptsiyasi ilk bor ilgari surilganidan 34 yil ötib, mazkur natijaga erişilgan.

Olimlar dori nomzodlarini izlaş jarayonining dastlabki bosqiçidayoq suniy intellekt va DEL texnologiyasini birlaştirgan ikki bosqiçli saralaş usulidan foydalangan.

Mprosevirni izlaş uçun foydalanilgan DEL kutubxonasida 49 milliardgaça birikma bölgan. Dastlabki saralaş natijasida 100 dan ortiq istiqbolli nomzod aniqlangan.

Ananaviy usulda uşbu molekulalarning har birini alohida tekşiriş katta vaqt va resurs talab qilgan bölardi. Biroq suniy intellekt modeli ularning sonini bir neça kun içida 9 tagaça qisqartirgan.

Keyingi faollik sinovlarida uşbu 9 molekulaning 6 tasi yuqori samaradorlik körsatgan. Şundan söng, toksik, metabolizm va dori vositasini işlab çiqiş bilan boğliq boşqa köplab baholaşlar ötkazilib, WLU6937 molekulasi asosiy nomzod sifatida tanlangan.

Keyingi ikki yil davomida olimlar uşbu molekula asosida preparatni takomillaştiriş ustida işlagan. Jumladan, uning tasirini kuçaytiriş, dori sifatidagi xususiyatlarini yaxşilaş va toksikligini kamaytirişga etibor qaratilgan.

Preparat avval laboratoriya şaroitidagi hujayra tajribalari va siçqonlar ustidagi tadqiqotlardan ötkazilib, keyinçalik klinik sinovlargaça olib borilgan. Uşbu bosqiçlarning turli jarayonlarida ham suniy intellektdan foydalanilgan.

Tadqiqotçilarning aytişiça, Mprosevir loyihasi suniy intellekt yordamida dori vositalarini işlab çiqiş nafaqat mumkin, balki samarali va amaliy jihatdan amalga oşirilişi mumkinligini körsatgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada dunyoda ilk bor miya jarrohligi operatsiyasi suniy intellektning real vaqtdagi yordamida amalga oşirilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: