Tramp Oyni AQŞga tegişli deb atadi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Oyni “bizniki” deb atadi. Bu haqda Donald Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozdi.
Qayd etilişiça, Tramp Yer fonidagi Oy tasvirini AQŞ bayroği va “Oy bizniki” degan yozuv bilan elon qilgan.
RIA Novosti naşrining yozişiça, Britaniya Kolumbiyasi universitetining astronomiya böyiça faxriy professori Jeymi Mettyus Oyning biror davlatga tegişli ekanini davo qiliş uçun huquqiy asos yöqligini bildirgan.
Uning takidlaşiça, heç bir davlat Oyni öz hududi deb elon qila olmaydi. Bu 1966 yil 19 dekabrda BMT Boş Assambleyasi rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan Kosmos töğrisidagi şartnomada belgilangan.
Professorning qayd etişiça, AQŞ astronavtlarining bundan qariyb 50 yil avval Oyga qöngani ham mamlakatga Yerning tabiiy yöldoşiga egalik qiliş huquqini bermaydi. AQŞning Oyga 12 kişini yuborgani uning tegişliligi masalasida heç narsani anglatmaydi.
Şartnomaga köra, kosmik fazo, Oy va boşqa osmon jismlari barça davlatlar tomonidan kamsitişlarsiz tadqiq etilişi va foydalanilişi uçun oçiq. Hujjat hozirda 118 davlat tomonidan qöllab-quvvatlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Oy yuzasidagi biror obekt uning şarafiga nomlanişini xohlaşini aytgandi.