Şimoliy Koreya uran boyitiş yangi inşootini qurgan – MAGATE
Şimoliy Koreyaning asosiy Yonbyon yadroviy majmuasida 28 tagaça tsentrifuga kaskadini joylaştiriş mumkin bölgan yangi uran boyitiş inşooti qurilgan. Bu haqda Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) xabar berdi.
Venada joylaşgan agentlik hisobotida KXDRning bir neçta hududda yadroviy infratuzilmasini izçil kengaytirib borayotgani qayd etilgan.
MAGATE joriy yilning 28 avgust sanasidagi hisobotni suniy yöldoş tasvirlari va oçiq manbalardagi malumotlar, jumladan, Şimoliy Koreya davlat ommaviy axborot vositalari tarqatgan fotosuratlar asosida tayyorlagan. Agentlik 2009 yildan buyon Şimoliy Koreyada inspektorlarga ega emas.
Mutaxassislar Yonbyondagi yangi ikki qavatli binoga etibor qaratgan. MAGATE uni majmuadagi uran boyitiş böyiça ikkinçi inşoot sifatida qayd etgan. Bu xulosa Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning iyun oyidagi taşrifi vaqtida davlat OAVlari elon qilgan suratlarni quriliş jarayonida olingan suniy yöldoş tasvirlari bilan taqqoslaş orqali çiqarilgan.
Hisobotda aytilişiça, taşrif vaqtida olingan fotosuratlarda asosiy binoning yuqori va pastki qavatlariga gaz tsentrifugalari kaskadlari örnatilgani körinadi. Yangi inşootda suratlarda aks etgan turdagi 28 tagaça tsentrifuga kaskadini joylaştiriş mumkin.
MAGATE, şuningdek, Pxenyan yaqinidagi Kangson uran boyitiş majmuasida ham faoliyat kengayganini aniqlagan. Agentlik malumotlariga köra, 2024 yilda qurilgan qöşimça binoda uran boyitiş işlari yanvar oyida boşlangan bölişi mumkin.
MAGATE Şimoliy Koreya yadroviy dasturidagi uşbu özgarişlar BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyalarini buzişini bildirgan.
“Kangson va Yonbyondagi boyitiş inşootlarining işlaşi hamda KXDRning qurol darajasidagi yadroviy material işlab çiqariş quvvatini yanada kengaytirgani haqidagi xabarlar jiddiy xavotir uyğotmoqda”, degan MAGATE boş direktori Rafael Grossi.
Hisobot Grossining agentlik Boşqaruvçilar kengaşiga yöllagan bayonoti bilan bir vaqtda elon qilingan.
Pxenyan MAGATEning öz yadroviy dasturi böyiça vakolatini bir neça bor rad etgan. Şimoliy Koreyaning Venadagi BMT huzuridagi vakolatxonasi ötgan yil sentyabrda mamlakatning yadroviy davlat maqomi “ortga qaytarib bölmaydigan” holga kelganini bildirgan.
KXDR vakillari MAGATEning Yadroviy qurollarni tarqatmaslik töğrisidagi şartnoma – NPTdan taşqarida bölgan yadroviy davlatning içki işlariga aralaşişga qonuniy haqqi yöqligini takidlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) rahbari Rafael Grossi Şimoliy Koreya yadroviy dasturi böyiça yangi xavotirli malumotlarni oşkor qilgandi.