Zelenskiy Rossiya bilan bazi masalalarda murosaga tayyorligini aytdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan energetika va ğalla masalalarida murosa qilişga tayyorligini malum qildi. Bu haqda “RIA Novosti“ xabar berdi.
Naşrga köra, Zelenskiy jurnalistlar bilan suhbatda energetika va ğalla masalalari nafaqat Ukraina va Rossiya, balki dunyoning köplab davlatlari uçun ham muhim ekanini aytgan. Uning qayd etişiça, bu masalalar Hindiston, Birlaşgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Misr, Osiyo mamlakatlari va boşqa davlatlarning manfaatlariga ham daxldor.
“Ğalla va energetika – Ukraina va Rossiya uçun oğriqli masalalar. Bu butun dunyo uçun ham oğriqli masala. Bugun Hindiston, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Osiyo va boşqa köplab davlatlar uçun ham bu muhim. Biz murosa qilişga tayyormiz”, degan Zelenskiy.
Şu bilan birga, Ukraina Prezidenti ehtimoliy kelişuv faqat Kiyevning yon berişi hisobiga bölmasligi kerakligini bildirgan. Uning aytişiça, Ukraina allaqaçon köplab murosali qadamlarni taşlagan va bundan keyin Rossiya tomonidan ham qarşi qadamlar bölişi zarur.
“Biz allaqaçon juda köp murosaga bordik. Biz doimo bir tomonlama ravişda oldinga qadam taşlaydigan yagona tomon bölib qolmasligimiz kerak“, degan Prezident.
Şunday qilib, Zelenskiy energetika va ğalla masalalarida kelişuvga erişiş uçun Kiyev muzokaraga tayyor ekanini, biroq buning uçun Moskvadan ham amaliy qadamlar kutilayotganini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uruş qişda ham davom etişi mumkinligini aytgan edi.