Qozoğistonda kartoşkaning yangi navi yaratildi
Qozoğistonlik olimlar yuqori hosildor va kasalliklarga çidamli yangi kartoşka navini yaratdi. Bu haqda Qozoğiston Fan va oliy talim vazirligi malum qildi.
Qayd etilişiça, yangi nav “Aytxojin” deb nomlangan bölib, Qozoğiston Meva-sabzavotçilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Murat Aytxojin nomidagi Molekulyar biologiya va biokimyo instituti mutaxassislari hamkorligida yaratilgan.
Olimlar Qozoğistonning tuproq-iqlim şaroitiga moslaşadigan, yuqori hosil beradigan va kasalliklarga çidamli kartoşka navini yaratişni maqsad qilgan. Yangi navni yaratişda ananaviy selektsiya usullari bilan bir qatorda zamonaviy biotexnologik va molekulyar-genetik texnologiyalardan foydalanilgan.
Malum qilinişiça, tadqiqotlar 267-byudjet dasturi hamda 2024 – 2026 yillarga möljallangan dasturiy-maqsadli moliyalaştiriş loyihasi doirasida amalga oşirilgan.
Loyiha kartoşka, sabzavot va poliz ekinlarini yetiştirişni barqaror rivojlantiriş, selektsiya va uruğçilikni takomillaştiriş hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etişga qaratilgan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2025 yilda kartoşkaçilikni rivojlantiriş uçun Qişloq xöjaligi jamğarmasidan 400 milliard söm yönaltirilişi haqida xabar berilgan edi.