USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina sentyabr oxiriga qadar muzokaralarning dastlabki natijalarini körişi mumkin – Zelenskiy

60 марта
Украина сентябрь охирига қадар музокараларнинг дастлабки натижаларини кўриши мумкин – Зеленский

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan olib borilayotgan muzokaralarning dastlabki natijalari sentyabr oxirigaça paydo bölişi mumkinligini aytdi. Bu haqda Zelenskiy Kanadada OAV vakillari bilan suhbatda söz oçdi.

Zelenskiyga köra, bu natijalar don eksporti va energetika masalalariga taalluqli bölişi mumkin.

Zelenskiyning qayd etişiça, Rossiyada joriy yilning 20 sentyabr kuni bölib ötadigan parlament saylovlari davrida jiddiy muzokaralar ötkazilişi kutilmayapti. Biroq sentyabr oxirida Nyu-Yorkda AQŞ vakillari bilan uçraşuv ötkaziş imkoniyati bor.

“Şu davr mobaynida har kuni mening maslahatçilarim va milliy xavfsizlik böyiça maslahatçilar Amerika jamoasi bilan aloqada bölmoqda”, degan Zelenskiy.

Prezident sentyabr oxirigaça muzokaralarning dastlabki natijalariga erişiş imkoniyati borligini qayd etgan. Şuningdek, Zelenskiy oy oxirida Nyu-Yorkda AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan uçraşişi rejalaştirilganini aytgan.

“Hozir biz energetika va oziq-ovqat xavfsizligi böyiça ehtimoliy natijalar masalasini kötaryapmiz. Menimça, bunga erişa olamiz. Nyu-Yorkda Prezident Tramp bilan uçraşuvdan keyin bu haqda oçiqroq gapira olaman. Umid qilamanki, buning uçun imkoniyat topamiz”, degan u.

Zelenskiy don eksporti masalasi faqat Ukraina va Rossiyaga emas, balki butun dunyoga taalluqli muammo ekanini takidlagan.

U sönggi bir neça oy davomida Misr, Hindiston, Birlaşgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va AQŞ bilan muhim muzokaralar ötkazilganini aytgan. Uşbu davlatlarning barçasi oziq-ovqat taminotining butun dunyo uçun tösib qöyilişi katta muammo ekanini bildirgan.

“Bu faqat ukrainaliklar yoki rossiyaliklar uçun emas, balki butun dunyo uçun muammo. Oziq-ovqat xavfsizligi juda muhim va biz bunga tayyormiz. Bu qanday amalga oşirilişi mumkinligini muhokama qildik va öz qaraşlarimizni bildirdik. Ammo bu rossiyaliklarga boğliq”, degan Ukraina Prezidenti.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan don eksporti va energetika masalalarida murosa izlaşga tayyorligini, biroq kelişuvga erişiş uçun har ikki tomon ham qadam taşlaşi kerakligini aytgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: