“Bravo, afandim!” Erdöğan basketbol öynadi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning basketbol öynagani aks etgan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda ulaşildi. Uzoq vaqtdan beri safdoşlaridan iborat jamoa bilan basketbol öyinlari ötkazib kelayotgan Erdöğan iştirok etgan bellaşuvlarda faxriy basketbolçilar ham kuç sinaşmoqda. Bu haqda “Takvim” xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi kadrlarda Erdöğanning ham töplagan oçkolar, ham jamoadoşlariga bergan körsatmalari etiborni tortmoqda. Keskin va şiddatli kuraşlarga boy ötgan öyinlardagi qiziqarli va samimiy muloqotlar ham videodan örin olgan.
Öyinlarda Erdöğandan taşqari Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Vedat Işiqxon, Milliy razvedka taşkiloti (MİT) rahbari Ibrohim Qalin, sobiq vazirlar Mevlyut Çavuşöğli va Mustafo Varank hamda Turkiya Basketbol federatsiyasi (TBF) Boş koordinatori örinbosari Ömer Onan iştirok etayotganini köriş mumkin.
Videoda yaşil jiletli jamoa sardori bölgan Erdöğanning Turkiya Basketbol federatsiyasi Boş koordinatori va sobiq milliy basketbolçi Ömer Onanni ruhlantirgani ham joy oldi. Erdöğan öyin davomida Onanga: “Qani Ömer, oçkoni qölga kirit!” deya murojaat qilgan.
“TRT Haber” telekanali tomonidan elon qilingan videoda Turkiya Prezidenti maydon böylab faol harakat qilayotganini köriş mumkin. Kadrlarda Erdöğanning töpni savatga bir neça marta muvaffaqiyatli taşlaganini köriş mumkin.
“Bravo, afandim!”, deydi uning aniq zarbalaridan söng öyindagi jamoadoşdari.
Eslatib ötamiz, avvalroq afsonaviy sobiq NBA basketbolçisi, hozirda taniqli ekspert, tahlilçi va teleboşlovçi Şakil ÖNil Rajab Toyib Erdöğanga jarima uloqtiriş musobaqasida kutilmaganda mağlub bölgandi.