USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Malika Diananing “qasos köylagi” auktsionga qöyiladi

96 марта
Малика Диананинг “қасос кўйлаги” аукционга қўйилади

Buyuk Britaniyaning marhum malikasi Diana 1994 yilda şahzoda Çarlzning xiyonati oşkor bölgan kuni kiygan maşhur qora köylak 220 ming funt sterlinggaça bölgan narxda auktsionga qöyiladi. “Qasos köylagi” nomi bilan tanilgan uşbu libos dekabr oyida Sotheby’s auktsion uyida sotiladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilişiça, 1994 yilda Kristina Stambolyan tomonidan tikilgan köylak moda tarixida alohida yönaliş paydo bölişiga sabab bölgan. Uning narxi 220 ming funt sterlinggaça baholanmoqda. 1994 yil sentyabr oyining bir oqşomida Uels malikasi Diana kiygan köylak faqat dizayni bilangina esda qolarli emas edi. Qora rangli, badaniga yopişib turadigan, yelkasi oçiq va kalta libos moda tarixida keyinçalik “qasosona kiyiniş” deb atalgan butun bir yönalişning paydo bölişiga sabab bölgan.

Diana bu köylakni Çarlz özining xiyonatini televizion intervyuda oşkor qilgan kuni keçqurun kiygan. Ommaviy axborot vositalari tez orada uni “qasos köylagi” deb atay boşlagan. Hatto uning nomi bilan atalgan alohida Vikipediya sahifasi ham mavjud.

Endilikda köylak 1997 yildan beri ilk bor auktsionga qöyilmoqda. Dekabr oyida Sotheby’s auktsion uyi Kristina Stambolyan tomonidan yaratilgan libosni sotuvga çiqaradi. Uning taxminiy narxi 110 mingdan 220 ming funt sterlinggaça baholanmoqda. Şu oy köylak London, keyinçalik Gonkong, Jeneva va Nyu-Yorkda namoyiş etiladi. Savdo aynan Nyu-Yorkda ötkaziladi.

Sotheby’s kompaniyasining sumkalar va moda yönalişi böyiça global rahbari Morgan Xalimi uşbu libos moda tarixidagi juda kam uçraydigan hodisalardan biri ekanini aytgan.

“U moda tarixida öziga xos örin egallaydi, çunki kiyim-keçak moda doirasidan çiqib, madaniyat tarixining bir qismiga aylangan juda nodir lahzalardan birini ifodalaydi”, degan Xalimi.

Köylakning maşhurligi 1990 yillardagina boşlangan. Diana 1997 yilda uşbu libosni xayriya auktsionida özi sotganida, undan 39 098 funt sterling tuşgan. Öşa paytda köylakni sotib olgan oila uni şu kungaça saqlab kelgan.

Köylak jamoatçilik Dianani körişga odatlangan ananaviy obrazdan keskin farq qilgan. Aslida u öşa oqşom uçun Valentino brendining ananaviy köylagini kiyişni rejalaştirgan bölgan, biroq oxir-oqibat Stambolian libosini tanlagan. Dizayner keyinçalik Diananing bu tanlovini “Oqquş köli” baletidagi qora oqquş Odil obrazi bilan taqqoslagan.

“U oq libosdagi begunoh Odetta kabi sahnada öynaşni tanlamadi. U oçiqçasiga ğazablangan edi. U qora libosdagi Odil kabi körindi. U yorqin qizil tirnoq böyoğini surtdi, bunday holatni biz ilgari heç qaçon körmagandik. U göyo: “Bugun keçqurun yovuzroq bölaylik”, degandek edi”, degan dizayner 2022 yilda “Harper’s Bazaar” naşriga bergan intervyusida.

Diana vafot etganiga qariyb 30 yil bölganiga qaramay, u yoş avlod uçun ham moda timsoli bölib qolmoqda.

“Eng muhimi, odamlar şunçaki uning kiygan kiyimlaridan ilhomlanmaydi. Ular Diananing moda tanlovlari nimani anglatganidan ilhomlanadi”, deya qöşimça qilgan u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniyaning marhum malikasi Diana Spenserning ukasi Çarlz Spenser opasining hayoti, şahzoda Çarlz bilan nikohi va Parijdagi halokatidan keyingi voqealar haqida kitob yozgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: