USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Frantsiya Alişer Usmonovni YeI sanktsiyalar röyxatidan çiqarişni söradi

56 марта
Франция Алишер Усмоновни ЕИ санкциялар рўйхатидан чиқаришни сўради

Frantsiya Slovakiya bilan birga rossiyalik milliarder Alişer Usmonovni Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar röyxatidan çiqarişni taklif qildi va bu qaror boşqa azo davlatlarning keskin noroziligiga sabab böldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi. 

Qayd etilişiça, Slovakiya uzoq vaqtdan beri Alişer Usmonov va yana bir rossiyalik milliarder Mixail Fridman nomini Yevropa Ittifoqining Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi hamda harbiy-sanoat majmuasi bilan boğliq şaxslarga nisbatan joriy etilgan sanktsiyalar röyxatidan çiqarişni talab qilib kelmoqda.

Endilikda Bratislavaga Frantsiya ham qöşilgan. Parij 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişidan söng Yevropa Ittifoqi sanktsiyalariga tuşgan Usmonovni röyxatdan çiqarişni yoqlagan.

Özbekistonda tuğilgan Alişer Usmonov Rossiya fuqaroligiga ega milliarder bölib, boyligini metallurgiya, konçilik, telekommunikatsiya va texnologiyalar sohalaridagi investitsiyalar orqali orttirgan. U Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin biznesmenlardan biri sifatida qaraladi.

Diplomatlarning sözlariga köra, Frantsiyaning bu pozitsiyasi Yevropa Ittifoqining boşqa davlatlarida “kuçli norozilik” uyğotgan. Ayrim diplomatlar Frantsiyaning qarorida iqtisodiy manfaatlar muhim rol öynayotgan bölişi mumkinligini bildirgan.

Ayni paytda Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar rejimi Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasi va uning Ukrainaga qarşi uruşdagi hissasi bilan boğliq 3 mingdan ortiq jismoniy va yuridik şaxsni qamrab oladi.

Mazkur sanktsiyalarni joriy yilning 15 sentyabr kuni uzaytiriş rejalaştirilgan. Hozirda azo davlatlar sanktsiyalarni yana 6 oyga emas, 12 oyga uzaytiriş masalasini ham muhokama qilmoqda.

Slovakiya Yevropa Ittifoqi elçilari yiğilişlarida Usmonov va Fridmanning sanktsiyalar röyxatidan çiqarilişini, şuningdek, sanktsiyalar amal qiliş muddatini 6 oy saqlab qolişni talab qilgan.

Yevropa Ittifoqi sanktsiyalarini uzaytiriş uçun barça azo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi. Şu sababli Slovakiyaning talablari kelişuv jarayonini murakkablaştirgan. Frantsiyaning Usmonovni çiqarişni qöllab-quvvatlaşi esa muzokaralarni yanada qiyinlaştirişi mumkin.

Malum qilinişiça, Parij Usmonovni sanktsiyalar röyxatidan çiqarişni siyosiy murosa sifatida ilgari surgan. Frantsiya şu orqali Slovakiyaning ikkala talabini ham bu safar bloklamasligiga umid qilmoqda.

Yevropa Ittifoqi elçilari sanktsiyalarni uzaytiriş masalasini yaqin kunlarda yana muhokama qiladi. Tomonlar 15 sentyabrgaça siyosiy kelişuvga erişişi kerak.

Frantsiyaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Parij sanktsiyalarni uzaytiriş tarafdori ekanini bildirgan, biroq muzokaralar maxfiyligi sababli muhokamalarning borişi yuzasidan izoh berişdan boş tortgan.

Eslatib ötamiz, 2025 yil fevralida Vengriya ham Alişer Usmonov va uning singlisi Gulbahor Ismoilovani öz içiga olgan sakkiz nafar rossiyalikni Yevropa Ittifoqi sanktsiyalar röyxatidan çiqarişni talab qilgan edi. Budapeşt öz talablari bajarilmasa, Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni uzaytirişga veto qöyiş bilan tahdid qilgan edi. x

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: