USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Men Irlandiyaning birlaşganini körişni istardim – Tramp

62 марта
Мен Ирландиянинг бирлашганини кўришни истардим – Трамп

AQŞ prezidenti Donald Tramp Irlandiya va Şimoliy Irlandiyaning birlaşişini istaşini aytdi. Bu haqda u Dublinga qilgan taşrifi çoğida jurnalistlar bilan suhbatda söz oçdi.

Qayd etilişiça, Tramp bugun, 12 sentyabr kuni Dublinga borib, Irlandiya Boş vaziri Mixol Martin bilan uçraşgan. Uçraşuvdan söng jurnalistlar bilan suhbatda u Buyuk Britaniya tarkibidagi Şimoliy Irlandiyaning Irlandiya Respublikasi bilan birlaşişini juda istaşini bildirgan.

“Men uning birlaşganini körişni istardim. Menimça, bu oxir-oqibat sodir böladi va bu ajoyib narsa bölar edi”, degan Tramp.

U birlaşiş masalasida Buyuk Britaniyaning ham sözi bölişini tan olgan. Biroq Trampning bu bayonotlari AQŞ prezidentlarining Şimoliy Irlandiya masalasida ananaviy betaraf pozitsiyasidan farq qiladi.

Malum qilinişiça, Trampning sözlari Şimoliy Irlandiyada Britaniya bilan birlikni saqlab qoliş tarafdori bölgan kuçli siyosiy doiralarning tanqidiga sabab bölgan. Xususan, Demokratik Yunionistlar partiyasi rahbari Gevin Robinson Şimoliy Irlandiyaning konstitutsiyaviy kelajagini Vaşington, London yoki Dublin emas, hudud aholisi belgilaşini bildirgan.

Ayni paytda Buyuk Britaniya hukumati Irlandiya bilan birlaşiş böyiça yangi referendum ötkaziş masalasida öz pozitsiyasini özgartirmagan. Bunday referendum 1998 yilgi “Xayrli juma” kelişuviga köra Britaniya hukumati qarori asosida ötkazilişi mumkin.

Tramp, şuningdek, Irlandiya Prezidenti Ketrin Konnolli bilan ham uçraşgan. Konnolli unga Irlandiya xalqi uruş va genotsidni odatiy hol sifatida qabul qiliş mumkin emas, degan qatiy qaraşga ega ekanini bildirgan.

Bildirilişiça, Trampning taşrifiga qarşi Dublinda uruşga qarşi namoyiş ham ötkazilgan. Minglab odamlar şahar markazida yuriş qilib, AQŞ Prezidentining taşqi siyosatiga qarşi şiorlar aytgan.

Uçraşuvlardan keyin Tramp Irlandiyaning ğarbida joylaşgan özining golf kurortida ötkazilayotgan Iriş Open turnirini tomoşa qiliş uçun yöl olgan. Uning Irlandiyaga taşrifi 12–13 sentyabr kunlariga rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan davom etayotgan uruş joriy yilning 3 noyabr kuni bölib ötadigan AQŞ oraliq saylovlaridan keyin tugaşini aytgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: