Zelenskiy sobiq matbuot kotibiga qarşi sanktsiyalar joriy qildi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel va yana töqqiz kişiga Rossiya propagandasini tarqatiş hamda Moskvaning Ukrainaga qarşi agressiv siyosatini qöllab-quvvatlaşda ayblab, sanktsiyalar joriy qildi. Bu haqdagi farmonni Zelenskiy keça, 13 sentyabr kuni imzoladi.
Zelenskiyning farmoni bilan joriy etilgan sanktsiyalar 10 yil amal qiladi. Ular aktivlarni muzlatiş va savdo operatsiyalariga çeklovlar qöyişni nazarda tutadi.
Mendel Zelenskiyning 2019–2021 yillardagi birinçi matbuot kotibi bölgan. U Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanişidan oldin Prezident mamuriyatida işlagan.
Mendel Facebook'dagi bayonotida Ukraina fuqarolariga nisbatan sanktsiyalar joriy etiş konstitutsiyaga zid ekanini aytdi. U, şuningdek, sanktsiyalar qöllanilişini kutganini bildirib, Zelenskiyni Ukrainada tinçlik tarafdori bölganlarga qarşi çora körişda aybladi.
Sobiq matbuot kotibi ötgan yildan buyon Zelenskiy faoliyatini, xususan, Prezidentning yaqin doirasidagi ayrim şaxslar korruptsiya janjallariga aralaşganidan keyin, tanqid qilib kelgan. Bu işlarda gumon qilinganlar özlariga qöyilgan ayblovlarni rad etgan.
Ukraina Prezidenti devoni malum qilişiça, yangi sanktsiyalar “dezinformatsiya va Rossiya propagandasini tarqatadigan hamda Rossiyaning Ukrainaga nisbatan agressiv siyosatini qöllab-quvvatlaydigan” 10 nafar Rossiya va Ukraina fuqarosiga nisbatan joriy etilgan.
Ukrainada sobiq yuqori martabali siyosatçilarga nisbatan ham sanktsiyalar qöllangan. Jumladan, 2025 yilda sobiq prezident va muxolifat siyosatçisi Pyotr Poroşenkoga milliy xavfsizlik sabablari bilan aktivlarni muzlatiş va mamlakatdan kapital olib çiqişni taqiqlaş kabi çeklovlar joriy etilgan.