Tramp Zelenskiyga dakki berdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiyadagi dizel yonilğisi infratuzilmasiga hujumlarni töxtatişga çaqirdi. Uning aytişiça, bunday zarbalar yonilği taqçilligini kuçaytirib, butun dunyoga zarar yetkazmoqda. Bu haqda u keça, 13 sentyabr kuni Irlandiyada bölib ötgan Iriş Open golf turniriga taşrifi çoğida jurnalistlarga bergan bayonotida söz oçdi.
“Janob Zelenskiy bitta işni qilişi kerak: u Rossiyadagi dizel yonilğisini işlab çiqariş obektlarini yöq qilişni töxtatişi kerak”, degan AQŞ Prezidenti.
Uning sözlariga köra, Vaşington bu masalani Zelenskiy bilan muhokama qilgan.
“Boşqa nişonlar yetarli. Dizel yonilğisiga zarba bermang. Bu butun dunyoga zarar yetkazmoqda”, deya qöşimça qilgan Tramp.
Sönggi oylarda Ukraina uzoq masofaga uçuvçi dronlar yordamida Rossiya neftini qayta işlaş zavodlariga bir qator hujumlar uyuştirdi. Bu zarbalar Rossiyada yonilği işlab çiqariş hajmining kamayişiga va mamlakat böylab benzin taqçilligi yuzaga kelişiga sabab bölmoqda.
Ukraina esa özining energetika infratuzilmasi Rossiya tomonidan muntazam hujumlarga uçrayotganini takidlab, Rossiyaning neftni qayta işlaş zavodlarini qonuniy harbiy nişonlar deb hisoblaşini bildirgan.
Şuningdek, Tramp global yonilği taqçilligiga Yaqin Şarqdagi vaziyat emas, Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş sabab bölayotganini aytgan.
“Bu taqçillikni Yaqin Şarq keltirib çiqarmayapti, bunga Rossiya va Ukraina örtasida sodir bölayotgan voqealar sabab bölmoqda”, degan u.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadagi uruşni yakunlaş böyiça kelişuv tuzişni istaşini aytgan edi.