USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Suriyada yonilği narxi keskin oşdi: aholi boş kötardi

49 марта
Сурияда ёнилғи нархи кескин ошди: аҳоли бош кўтарди

Suriyada dizel narxi 40 foizga oşirilişi mamlakat böylab norozilik namoyişlariga sabab böldi va bu Başar Asad hokimiyati ağdarilganidan beri eng keng kölamli namoyişlarga aylandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

 

Qayd etilişiça, Suriya hukumati joriy yilning 12 avgust kuni dizel narxini 40 foizga oşirib, bir litrini 175 Suriya funtiga (1,32 dollar) yetkazgan. Şundan söng, namoyişçilar avtomobil şinalarini yoqib, muhim yöllarni, jumladan, poytaxt Damaşqni mamlakatning sanoat markazi Halab bilan boğlovçi avtomagistralni tösib qöygan.

Noroziliklar mamlakatda yillar davom etgan iqtisodiy inqiroz fonida yuz bergan. BMT Taraqqiyot dasturi hisob-kitoblariga köra, suriyaliklarning 90 foizi qaşşoqlik çegarasidan pastda yaşaydi. Fuqarolar uruşi boşlangan 2011 yilgaça esa bu körsatkiç qariyb uçdan bir qismni taşkil etgan.

Hukumat, şuningdek, maişiy va sanoat gaz narxlarini qariyb 9 foizga, 95 oktanli benzin narxini 28 foizga oşirib, 195 funtga, 90 oktanli benzin narxini esa 26 foizga oşirib, 185 funtga yetkazgan.

Namoyişçilar neftni qayta işlaş zavodlariga yöl olgan xom neft taşuvçi sisternalar karvonlarini ham tösib qöygan. Ayrim norozilar Energetika va Iqtisodiyot vazirliklari rahbarlari hamda Suriya neft kompaniyasi rahbarining istefosini talab qilgan.

Halabdagi namoyişçilardan biri Yosir Salim “Reuters”ga bergan intervyusida odamlar iş haqining oşirilişini emas, dizel va boşqa yoqilği narxlarining pasaytirilişini istayotganini aytgan.

Suriya Energetika vazirligi vakili Abdulhamid Salatning malum qilişiça, narxlarning oşirilişi vaqtinçalik çora bölib, bunga jahon bozoridagi xarajatlarning ortişi va mamlakatning importga kuçli qaramligi sabab bölgan. Uning aytişiça, şaroit özgargan taqdirda narxlar yana körib çiqilişi mumkin.

Suriya joriy yilda Rossiyadan kuniga qariyb 60 ming barrel xom neft import qilgan. Biroq Ukrainadagi hujumlar Rossiya neftni qayta işlaş zavodlari faoliyatiga tasir körsatib, işlab çiqariş hajmini kamaytirgan va Moskva benzin hamda dizel eksportini çeklagan.

Narxlarning sönggi oşişi natijasida 95 oktanli benzin fevral oyidan beri qariyb 86 foizga, dizel esa ikki baravardan köproqqa qimmatlagan. Şu davrda Brent markali neft narxi ham 44 foizga oşib, bir barrel uçun 72,48 dollardan 104,61 dollargaça kötarilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Suriyaning Idlib viloyatidagi Sarmada şahri yaqinida qurol-yaroğ va uruşdan qolgan portlovçi vositalar vaqtinça saqlanadigan omborda portlaş sodir bölgani haqida elon qilingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: