USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Saudiya Arabistoni Makka yaqinida husiylar dronini urib tuşirdi

104 марта
Саудия Арабистони Макка яқинида ҳусийлар дронини уриб туширди

Saudiya Arabistoni havo mudofaasi Makka şahriga yaqin hududda husiylarga tegişli dronni şahar ustidan parvoz qiliş taqiqlangan hududga kirişidan oldin urib tuşirdi. Bu haqda Saudiya boşçiligidagi Yamandagi harbiy koalitsiya vakili xabar berdi.

Malum qilinişiça, dron keça, 15 sentyabr kuni keçqurun tutib qolingan. Koalitsiya vakili Turkiy al-Molikiyning bayonotiga köra, bu husiylarning Makkani nişonga olişga bölgan ikkinçi urinişi bölgan.

Uning takidlaşiça, avvalgi şunday uriniş 2017 yil iyulida ballistik raketa uçirilişi bilan amalga oşirilgan. Bu voqea Eron bilan ittifoqçi husiy jangarilari Saudiya Arabistoniga qarşi bir hafta davomida hujumlarni kuçaytirgan va mamlakatni Yaqin Şarqdagi uruşga yanada çuqurroq jalb qilgan paytga töğri kelmoqda.

Makka şahrida Islom dinidagi eng muqaddas maskanlarning ayrimlari joylaşgan bölib, har yili ötkaziladigan haj ziyoratining asosiy markazi hisoblanadi. Al-Molikiy şahar xavfsizligi “qizil çiziqda” ekanini bildirgan.

Husiylar esa Makkani nişonga olganini rad etgan.

Saudiya Arabistoniga qilingan hujumlar olti oydan beri davom etayotgan AQŞ – Eron uruşi sabab jiddiy özgarişlarga yuz tutgan global energetika bozorlariga ham tasir körsatmoqda. Uruş tufayli Hormuz böğozi orqali kemalar qatnovi keskin qisqargan.

Sönggi kunlarda husiylar Yamanning Qizil dengiz sohilidagi Bob al-Mandab böğoziga qaragan hududlarning bir qismini nazoratga olgan. Bu dunyodagi eng muhim dengiz yölaklaridan biri bölib, Hormuz böğozi orqali taşişlar izdan çiqqan şaroitda Saudiya neftini eksport qiliş uçun muqobil yönalişga tahdid solmoqda.

Saudiya Arabistoni 15 sentyabr kuni Makka böyiça xavfsizlik ogohlantirişlarini elon qildi. Biroq husiylar siyosiy byurosi azosi Muhammad al-Farah guruh şaharni nişonga olmaganini aytgan va bu davoni oçiq-oydin yolğon deb atagan. Uning sözlari husiylar nazoratidagi “SABA” axborot agentligida keltirilgan.

Malumot uçun, Saudiya Arabistoni 2015 yildan beri husiylarga qarşi kuraşayotgan koalitsiyaga boşçilik qiladi. Sönggi yillarda öt oçişni töxtatiş kelişuvi tufayli mojaro asosan tinçib turgan edi, ammo husiylar şu oyda Yaman hukumatiga sodiq kuçlarga qarşi hujumni kuçaytirgaç, janglar yana avj oldi.

Saudiya valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon ötgan hafta AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlaşib, harbiy yordam söragandi. Hozirça AQŞning yordami razvedka malumotlarini taqdim etiş bilan çeklangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistoniga Yamandagi Eron qöllab-quvvatlayotgan husiylar tomonidan uyuştirilgan hujumlar oqibatida kamida 73 kişi jarohatlangandi. 

Buning ortidan husiylari 14 sentyabr kuni Saudiya Arabistoniga yangi raketa va dron hujumlarini amalga oşirib, mintaqadagi vaziyatni yanada keskinlaştirganini malum qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: