Arab dengizida Hindiston va Pokiston harbiy kemalari töqnaşdi
Hindiston harbiy kemasi Pokiston harbiy kemasi bilan xalqaro suvlarda töqnaşib ketdi. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi
Qayd etilişiça, hodisa keça, 15 sentyabr kuni Arab dengizining şimoliy qismidagi xalqaro suvlarda yuz bergan. Hindiston manbalariga köra, muntazam kuzatuv missiyasida bölgan hind harbiy kemasiga Pokiston harbiy kemasi yuqori tezlikda yaqinlaşgan va oqibatda kemalar töqnaşib ketgan.
Töqnaşuv tufayli jiddiy zarar qayd etilmagan. Biroq Hindiston Taşqi işlar vazirligi Pokiston harbiy-dengiz kuçlari bölinmalarining xatti-harakatlarini qabul qilib bölmaydigan va noprofessional deb baholagan.
Hindiston Taşqi işlar vazirligi Pokistonning muvaqqat işlar vakilini çaqirib, unga tegişli harbiy bölinmalarga hodisaga yöl qöymaslik uçun zarur ehtiyot çoralarini köriş hamda ikki davlat örtasidagi tegişli kelişuvlarga rioya qiliş zarurligini yetkazişni söragan.
Şuningdek, Hindistonning Islomoboddagi yuqori martabali diplomati ham Pokiston Taşqi işlar vazirligiga xuddi şunday norozilik bildiriş uçun körsatma olgan.
Tomonlar örtasida 1991 yilda imzolangan kelişuvga köra, xalqaro suvlarda har ikki davlatning harbiy kemalari va suvosti kemalari ehtimoliy töqnaşuvlarning oldini oliş uçun bir-biridan kamida uç dengiz mili masofada bölişi kerak.
Eslatib ötamiz, avvalroq Air India aviakompaniyasi uçuvçisi samolyoti qisqa muddatga Pokiston havo hududiga kirib qolganidan söng parvozlardan çetlatilgani haqida xabar berilgan edi.