Isroil Eronga hujum boşladi
13-06-2025, 09:27
620 марта

Isroil Eronga hujum boşladi
Isroil harbiy-havo kuçlari bugun, 13 iyunga ötar keçasi Eron hududiga zarba berdi. Bu haqda Isroil Mudofaa vaziri Isroil Katsga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Isroil ham favqulodda holat elon qilgan.
“Isroil davlatining Eronga zarbasidan söng, yaqin kelajakda Isroil davlati va uning tinç aholisiga raketa va dron hujumi kutilmoqda”, dedi Kats.
Eron davlat televideniyesi mamlakat poytaxti Tehronning turli hududlarida kuçli portlaşlar eşitilganini xabar qildi. Şuningdek, Eronning havo hujumidan mudofaa tizimi töliq şay holatga keltirilib, Eronning asosiy Imom Xomayniy aeroportida barça parvozlar töxtatilgani xabar qilingan. Isroil ham havo hududini yopdi.
TsAXAL Eron yadro dasturini nişonga olgan “Şerlar dunyosi” kodli operatsiyani boşlaganini tasdiqladi. TsAXALning bildirişiça, Eronda bir neça kun içida 15 ta yadroviy bomba yaratiş uçun yetarli darajada boyitilgan uran bor va Isroil bu “muvofiq tahdid”ga qarşi çora körişi kerak.
“Isroil harbiy-havo kuçlari Erondagi mamlakat yadroviy dasturi va boşqa harbiy obektlarga aloqador önlab nişonlarga zarba berdi”, deyiladi TsAXAL bayonotida.Xususan, Natanzdagi Eron yadroviy inşooti yaqinida “bir neçta portlaş tovuşlari” eşitilgan.
“Biz Eronning yadroviy boyitiş dasturining markaziga zarba berdik. Eronning ballistik raketa dasturining markaziga ham zarba berdik. Eron hali ham bizga zarar yetkaziş uçun katta imkoniyatlarga ega. Operatsiya zarur bölgan vaqtgaça davom etadi”, dedi Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu.