Yerning ikki qutbidagi 12,5 trln tonna muz erib ketdi
Grenlandiya va Antarktidada 1979 yildan buyon 12,5 trillion tonna muz erib ketgan. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Tadqiqotçilarning fikriga köra, Yerning isişi sayyoradagi ikkita yirik muz qoplamining erişini tezlaştirmoqda. Erigan muzning qariyb beşdan tört qismi havoning isişi sababli emas, balki okeanlardagi suvning iliqlaşişi natijasida yöqolgan. Iliq suv muzliklarning pastki va çekka qismlarini yemirib, ularning okean tomon tezroq siljişiga sabab bölmoqda. Oqibatda dengiz sathi ham kötarilmoqda.
Kaliforniya universiteti (Irvayn) muzlikşunosi Erik Rinotning aytişiça, muz qoplamlari tez suratda kamaymoqda. Qutb hududlaridagi muzlarning erişi butun dunyoda dengiz sathining kötarilişiga olib keladi. Bu esa qirğoqböyi hududlarining iqlim özgarişiga nisbatan zaifligini yanada oşirişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq olimlar dunyo okeanida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori haroratni qayd etgani haqida xabar berilgan edi.