Husiylar Saudiyaning qiruvçi samolyotini urib tuşirdi
Keça, 16 sentyabr kuni “Ansorulloh” husiylar harakati Yamanning Marib provintsiyasi osmonida Saudiya Arabistoni Harbiy-havo kuçlariga tegişli F-15 qiruvçi samolyotini urib tuşirdi. Bu haqda harakatning harbiy vakili, general Yahyo Sariga tayanib, “The National” xabar berdi.
Sarining malumotlariga köra, qiruvçi samolyot mahalliy işlab çiqarilgan zenit raketasi bilan urib tuşirilgan. Uning qöşimça qilişiça, şundan söng mamlakat havo hududiga urib tuşirilgan samolyotni qidirayotgan Saudiyaning F-15 va Eurofighter Typhoon qiruvçi samolyotlari kirgan, biroq husiylar ularga raketalar bilan hujum qilib, çekinişga majbur qilgan.
Bundan taşqari, Sari ötgan hafta davomida Saudiya Arabistoni HHK Yamanga 450 dan ortiq aviazarba berganini malum qilgan. Uning sözlariga köra, Al-Baydo, Marib, Taiz, Haddja, Al-Jauf va Lahj provintsiyalari hujumga uçragan.
Arab koalitsiyasi vakili general-mayor Turki al-Malikining malum qilişiça, Havo hujumidan mudofaa kuçlari (HHM) 15 sentyabr kuni husiylarning dronini Saudiya Arabistonidagi musulmonlar uçun muqaddas bölgan Makka şahri yaqinida, u Makka osmonidagi havo hududiga kirişidan oldin urib tuşirgan. U Makka, ziyoratçilar va şahar mehmonlarining xavfsizligi “qizil çiziq” ekanini aytgan. U uşbu holat husiylarning 2017 yil iyul oyida uşbu hududga ballistik raketa uçirganidan söng Makkaga hujum qilişga bölgan ikkinçi urinişi ekanini eslatib ötgan. Husiylar bu ayblovlarni yolğon deb atagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni husiylar zarbalari ortidan mamlakatning bir qator hududlarida, jumladan, muqaddas Makka şahri va mamlakatning ikkinçi yirik şahri Jiddada xavfsizlik ogohlantirişlarini elon qilgandi.